Ohakni so‘ndirish. Havoyi ohakni so‘ndirish uchun suv bilan
aralashtiriladi:
SaO/N
2
O/Sa(ON)
2
Ohak so‘ndirilganda 950 KDjkg miqdorda issiqlik ajrab chiqadi.
Ohakni so‘ndirish jarayoni o‘ta shiddatli kechadi, ohak donachalari o‘ta
mayda dispers holga keladi. Ohak mineral bog‘lovchilar ichida kimyoviy
reaksiya natijasida disperslanadigan yagona bog‘lovchi xisoblanadi.
So‘ndirilgan ohakning o‘ta dispers bo‘lishi uning Yuqori darajada suv
ushlab turishlik xususiyatini va plastikligini ta’minlaydi. So‘ndirilgan
ohakning bu xususiyati undan qurilish qorishmalari va boshqa mahsulotlar
tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. So‘ndirishda olingan suv miqdoriga
nisbatan gidrat ohagi (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti hosil
bo‘ladi.
Gidrat ohak ohakga (kipelkaga) 60-70% suv aralashtirilganda hosil
bo‘ladi. Bunda ohak hajmi 200-300% ortadi. Hosil bo‘lgan gidrat ohak
Sa(ON)
2
ning juda mayda zarrachalardan iborat oq rangli kukundan iborat
bo‘ladi. Uning erkin holatdagi o‘rtacha zichligi 400-450 kgm
3
, zichlangan
holatdagi o‘rtacha zichligi esa 500-700 kgm
3
tashkil etadi.
Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratorlarda so‘ndiriladi, bunda
hosil bo‘lgan katta issiqlik va suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakni kukun
ohakka aylanishiga xizmat qiladi.
Ohak qorishmasi ohak kipelkaga massasiga nisbatan 200-300% suv
qo‘shilib tayyorlanadi. Bunda so‘ndirilgan ohakning massasi 2-2,5 marta
ortadi va mahsulot hajmi ko‘payadi. Ohak kipelkaga massasiga ko‘ra suv
miqdori 300% dan ko‘proq qo‘shilsa ohak suti hosil bo‘ladi.
Ohak qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalar
tayyorlaydigan sexlarda ohak so‘ndiruvchi mashinalarda bo‘lak holatdagi
ohakni so‘ndirib olinadi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda ohak
qorishmasining sifati Yuqori bo‘ladi va so‘ndirish jarayoni tezlashadi.
Kichik qurilish maydonlarida bo‘lak-bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda
(chuqurlarda) suv bilan aralashtirilgan holda kamida ikki hafta davomida
so‘ndiriladi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda so‘nmagan zarrachalar miqdori
meyordan oshmasligi shart, aks holda mahsulot qorishmalar olishda
ishlatilganda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.