”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Umumiy ma’lumotlar. 
Portlandsement muayyan miqdordagi ohaktoshlar va 
giltuproqlar aralashmasini 1450
0
S haroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish 
jarayoni 3-5% gips va 15% gidravlik qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Klinker 
g‘ovak soqqachalar bo‘lib sement olish uchun yarim xomashyodir. Gips, fosfogips 
va borogipslarni sement tarkibiga kiritilishi uning qotishini boshqaradi. Gidravlik 
qo‘shimchalar esa portlandsementga suvga chidamlilikni beradi. Gidravlik 
qo‘shimchalar sifatida gliej, opoka, diatomit, trepel, elektrotermofosfor shlaki, 
toshko‘mir kuli va shu kabi tabiiy va sun’iy materiallar ishlatiladi. Portlandsement 
rasmiy ravishda 1824 yilda E. Cheliev (Rossiya) va Dj. Aspdin (Angliya) 
tomonidan yaratilganligi tan olingan. O‘zbekiston olimlaridan S.To‘xtaxo‘jaev, 
I.Toshpo‘latov, T.Otaqo‘ziev, B.Nudelman va boshqalarning sement turlarini 
yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishdagi 
xissalari kattadir.
Klinker. 
Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga 
bog‘liq. O‘z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish 
sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va 
minerallarga birikkan holatda tashkil qiladi. U asosan kristall va qisman 
shishasimon tuzilishga ega.
Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa bo‘yicha 
%): SaO-63-66, SiO
2
-21-24, Al
2
O
3
-4-8, Fe
2
O
3
- 2-4: bundan tashqari MgO, 
SO
3
, Na
2
O va K
2
O hamda TiO
2
, Cr
2
O
3
, P
2
O
5
lar oz miqdorda bo‘ladi.
Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi.
Klinkerni 
kuydirish 
jarayonida 
oksidlar 
qayta 
birikib 
silikatlarni, 
alyuminatlarni, alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi.
Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli 
alyumoferrit kiradi.
Alit 3SaO
.
SiO
2
(C
3
S) klinkerning asosiy minerali bo‘lib, sementning qotish 
tezligini, mustahkamligini belgilaydi. Alit klinker tarkibida 4560% bo‘ladi. 
Uning tarkibida 2-4% atrofida MgO, Al
2
O
3
, P
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘lib, 
alit xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Alit kristallari uzunchoq (3-20 mkm) 
bo‘lib, sement aktivligini oshiradi.
Belit 2SaO
.
SiO
2
(C
2
S) klinkerning ikkinchi asosiy minerali bo‘lib, sementning 
vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan mustahkamligini ta’minlaydi. Belit klinker 


tarkibida 20-30% tashkil etadi va boshlang‘ich davrda sekin qotadi. Uning 
tarkibida 1-3% atrofida Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘ladi.
Kuydirish xumdonlaridan chiqqan klinkerni asta-sekin sovutish
natijasida, harorat 525
0
S dan pasayganda &-S
2
S o‘rniga &-S
2
S hosil bo‘lishi 
belit strukturasining buzilishiga va klinkerning kukunga aylanishiga olib keladi. 
Bunda klinkerning hajmi 10% ortadi, &-S
2
S ning zichligi 3,28 g/sm
3
dan &-S
2

ning zichligi 2,97 g/sm
3
gacha kamayadi. Hosil bo‘lgan &-S
2
S 100
0

haroratgacha suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va bog‘lovchilik xususiyatlariga 
ega bo‘lmaydi. Shuning uchun klinker maxsus sovutish moslamalari yordamida 
tezlik bilan sovutiladi. Bundan tashqari Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
kabi 
oksidlar (1-3% atrofida) &-Sa
2
S strukturasini stabillashishiga va &-Sa
2
S ga 
aylanishiga yordam beradi. Klinker tarkibida alit va belit 75-80% ni tashkil 
etgani uchun ularning gidratatsiya mahsuloti portlandsementning asosiy 
xossalarini belgilaydi.
Uch kalsiyli alyuminat 3SaO
.
Al
2
O
3
(C
3
A) klinker tarkibida 4-12% bo‘lib, 10-15 
mkm o‘lchamdagi kristallarni tashkil qiladi. U suv bilan reaksiyaga kirishib 
juda tezlik bilan gidramineral hosil qiladi, lekin Yuqori mustahkamlikka ega 
bo‘lmaydi. Uch kalsiyli alyuminatning zichligi 3,04 g/sm
3
bo‘lib, sulfatli 
muhitda kimyoviy korroziyaga sabab bo‘ladi va shu
tufayli S
3
A miqdori klinker tarkibida 5% dan oshmasligi kerak.
To‘rt kalsiyli alyumoferrit 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
(C
4
AF) klinker tarkibida 10-12 % 
ni tashkil etadi. Uning zichligi 3,77 g/sm
3
. S
4
AF gidratatsiyalanish tezligi 
o‘rtacha bo‘lib, sementning gidratatsiyalanish va qotish tezligiga katta ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Klinker shishasi oraliq modda sifatida 5-15% ni tashkil etadi. 
Uning tarkibini Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, K
2
O, Na
2
O lar tashkil etadi.
Magniy oksidi alyumoferrit fazasi va klinker shishasi tarkibiga kiradi yoki 
erkin holda bo‘lishi mumkin. MgO juda sekinlik bilan gidratatsiyalanishi 
(Mg(OH)
2
), qotgan sement toshi tarkibida MgO ning 5% dan ko‘p bo‘lishi 
sementning hajmini notekis o‘zgarishiga va undan tayyorlangan materiallarning 
buzilishiga olib keladi.
Klinker tarkibida SaO erkin holatda bo‘lishi mumkin. Uning miqdori 1% dan 
ortib ketsa, gidratatsiya natijasida (Sa(ON)
2
) sement hajmini notekis 
kengayishiga olib keladi. Natriy va kaliy ishqorlari klinkerning alyumoferrit 
fazasi bo‘lib, sement tarkibida sulfatlar ko‘rinishida bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin