Klinker ishlab chiqarish
Klinker ishlab chiqarishda xomashyo tarkibini 75-78% ohaktoshlar va
22-25% giltuproqlar tashkil etadi. Xomashyo tarkibini boyitish uchun
tarkibiy oksidlarning birini tashkil etuvchi komponentlar kiritiladi. Kremniy
oksidning miqdorini oshirish uchun kolchedan ogarkalari yoki rudasi
qo‘shiladi. Bundan tashqari sement ishlab chiqarishda sanoat chiqindilaridan
shlaklar, toshko‘mir kuli, nefelin shlami ishlatiladi. Ularning tarkibida 50-
60% SaO; 25-30% SiO
2
; 2-5% Al
2
O
3
; 3-8% boshqa oksidlar bo‘lishi
mumkin. Bu yarimtayyor komponentlarni sement tarkibiga kiritilishi
yoqilg‘i sarfini 20-25% kamaytiradi.
Klinkerni kuydirish asosan yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz, xususiy hollarda
esa toshko‘mir kukuni yoki mazut ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza
kuydiriladi, ko‘mir va mazut yoqilishi esa klinkerni 10-20% ga nokerak
komponentlar bilan boyitadi.
Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
ohaktosh va giltuproqni qazib chiqarish va zavodga keltirish; xomashyoni
tayyorlash; xomashyoni kuydirib klinker olish; gips olib klinkerni tuyish
(15% gacha gidravlik qo‘shimchalar qo‘shish mumkin); sementni
omborxonalarga joylashtirish.
Xomashyo pishirish xumdonlariga 3 xil usulda tayyorlanadi: quruq,
ho‘l va kombinatsiyalashgan usullar.
Ho‘l usulda xomashyo komponentlari turli usullarda maydalanib
aralashtiriladi va suv ishtirokida tuyiladi. Hosil bo‘lgan massa-shlam
nasoslar yordamida shlambasseynlarga yuboriladi. Shlam tarkibidagi suv
miqdori 35-45% ni tashkil etadi. Uning tarkibidagi oson eruvchan ohaktosh,
giltuproq dispers majmuani hosil qiladi. Ho‘l usulda klinker pishirilganda
yoqilg‘i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5-2 marta ko‘p sarflanadi. Ho‘l usulda
xom ashyo tayyorlanganda suv ishtirokida mayin shlam massasi hosil
bo‘ladi. Bu usulda xomashyo materiallar-ohaktoshlar karerdan keltiriladi va
jag‘li va to‘qmoqli maydalagichlarda 5 mm kattalikgacha maydalanadi.
Giltuproq va bo‘r yumshoq bo‘lganligi uchun glinaboltushkalarda
ezg‘ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda sharli
tegirmonlarda suspenziya holatigacha tuyiladi. Sharli tegirmon uzunligi 15
m, diametri 3,2 m bo‘lgan, po‘latdan ishlangan silindr bo‘lib, ichi 3
bo‘lakka bo‘lingan. Xomashyo ichi bo‘sh vallar (sapfa) orqali bosim ostida
bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida
birinchi va ikkinchi bo‘lmalar po‘lat yoki cho‘yan sharlar bilan, uchinchi
bo‘lma esa kichik o‘lchamdagi silindrlar bilan to‘ldiriladi. Quvursimon
tegirmonlar to‘xtovsiz ravishda ishlaydigan uskuna bo‘lib, soatiga 30-50
tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantirib beradi.
Hosil bo‘lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po‘latdan
yasalgan shlambasseynlarga yuboriladi. Shlambasseynlarda shlam tarkibi
etiladi va 5-7 kunlik zahira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam
o‘lchovli ta’minlovchi orqali aylanma xumdonlarga kuydirish uchun
uzatiladi.
Quruq
usulda
klinker
siklonli
issiq
almashinuvchi
reaktordekarbonizatorlarda pishiriladi. Bu usulda bir texnologik tizimda
3000 tonnagacha klinkerni pishirish mumkin. Bu usulda yoqilg‘i sarfi ho‘l
usulga nisbatan 30-40% kam sarflanadi. Xumdonlarga metall sarfi 2,5-3
marta kamayadi. Quruq usulga binoan ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1-
2% qoldiq namlikgacha maydalanadi.
Kombinatsiyalashgan usulda ho‘l usulda singari bo‘lakchalar
tayyorlanib so‘ng quritiladi va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda
yoqilg‘i sarfi 20-30% gacha ho‘l usulga nisbatan kam sarflanadi.
Ta’kidlash zarurki, klinker olishda har bir usulning yutuq va
kamchiliklari mavjud bo‘lib, ho‘l usulda suvli sharoitda xomashyo tez
maydalanadi, ammo quruq usulga nisbatan yoqilg‘i 1,5-2 marta ko‘p
sarflanadi.
Keyinchalik,
xomashyoni
maydalash
texnologiyasini
mukammallashtirish, siklonli issiq almashtiruvchi va dekarbonizatsiyalovchi
reaktorlar bilan kuydirish xumdonlarini ta’minlash klinker ishlab
chiqarishda quruq usulga o‘tishni ta’minlaydi. Sement ishlab chiqarishda
kuydirish xumdoni asosiy vazifani o‘taydi va eng murakkab jarayon
bajariladi.
Kuydirish xumdoni (5.3-rasm) bo‘lak-bo‘lak po‘latdan yasalgan, ichki
tomondan olovga bardoshli materiallar bilan qoplangan uzun silindr
ko‘rinishida bo‘ladi.
Xumdonning uzunligi 150-185-230m, diametri 4-5-7m bo‘ladi va 3.5-
4
0
qiyalikda o‘rnatilib, markaziy o‘q atrofida minutiga 0,5 dan 1,4
martagacha aylanib turadi. Shlam Yuqori qismdan solinib, pastki qismga
qarab harakatlanadi. Pastki qismdan gaz yoki ko‘mir kukuni havo bilan
birga yoqiladi va 1500
0
S gacha harorat hosil qilinadi.
Xumdon ichidagi jarayonlar shartli ravishda haroratga qarab oltiga
bo‘linadi:
1.
Bug‘lanish zonasida shlam tarkibidagi mexanik bog‘langan suv, 70
dan 200
0
S haroratgacha qizdirilganda, chiqib ketadi. Quritilgan material
yirik bo‘laklarda bo‘lib, xumdonning aylanishi tufayli devorlarga urilib
maydalanadi;
2.
Isitish zonasida harorat 200 dan 700
0
S gacha ko‘tariladi. Bu
zonada organiq aralashmalar yonib ketadi, kimyoviy bog‘langan suv
(kristallkimyoviy) yo‘qotiladi va suvsiz kaolinit Al
2
O
3
.
2SiO
2
hosil bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, 1 va 2 zonada klinker kuydirishga
tayyorlanadi va bu jarayonlar xumdonning 50-60% uzunligini tashkil qiladi;
3.
Dekarbonizatsiya zonasida harorat 700 dan 1100
0
S gacha bo‘lib
kalsiy va magniy karbonatlar dissotsiatsiyalanadi va kalsiy oksidi ko‘p
miqdorda erkin holda hosil bo‘ladi. Dissotsiatsiya jarayoni endotermik
bo‘lgani uchun bu zonada juda katta issiqlik miqdori yutiladi.
Bu zonada giltuproqdan Al
2
O
3
, SiO
2
va Fe
2
O
3
kabi erkin oksidlar hosil
bo‘ladi va ular SaO bilan birikib qattiq holatda 3CaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va
2CaO
.
SiO
2
kabi Yuqori tartibli minerallarni hosil qiladi;
4.
Ekzotermik jarayonlar zonasida harorat 1100 dan 1250
0
S gacha
bo‘ladi. Bu zonada qattiq fazali reaksiyalar natijasida 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va
2CaO
.
SiO
2
kabi Yuqori tartibli minerallar hosil bo‘ladi. Bu ekzotermik
reaksiyalar natijasida harorat 150-200
0
S ga ko‘tariladi va bu jarayon
xumdonning 5-7% uzunligida yuz beradi;
5.
Pishirish zonasida harorat 1300 dan 1450
0
S gacha ko‘tarilib yana
1300
0
S haroratgacha qaytadi. Bu zonada hosil bo‘lgan minerallar qisman
eriydi, qayta birikib 3SaO
.
SiO
2
-asosiy mineral hosil bo‘ladi. 1450
0
S
haroratda 2CaO
.
SiO
2
va SaO birikib alitni hosil qiladi va klinker tarkibida
erkin holatdagi SaO 0,5-1% atrofida qoladi. Erigan minerallar xumdon
devorlarida to‘xtovsiz dumalagani uchun soqqachalar hosil bo‘la boshlaydi.
Bu zonada haroratning 1300
0
S gacha pasayishi eritmaning kristallanishiga
va 3CaO
.
Al
2
O
3
, 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va MgO larning hosil bo‘lishiga olib
keladi:
6.
Sovitish zonasida klinker harorati1300 dan 1000
0
S gacha pasayadi
va C
3
S, C
2
S, C
3
A, C
4
AF va MgO (periklaz) lar hosil bo‘ladi.
Klinker xumdondan to‘q kulrangida yoki ko‘kimtir kul rangidagi
soqqachalar ko‘rinishida chiqadi. Klinker panjarali, rekuperatorli va boshqa
turdagi sovitgichlarda 1000 dan 100-200
0
S haroratgacha sovitiladi.
Klinkerni tindirish uchun bir-ikki hafta oraliq omborlarda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |