”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Maydalik darajasi 
quruq holatdagi sementning №008 elakdagi
(teshik o‘lchamlari 0,08 mm) qoldig‘i bilan aniqlanadi. Sement ushbu 
elakdan kamida 85% o‘tishi kerak.


Bu usuldan tashqari sementning maydalik darajasi uning dispersligini 
aniqlash usuli bilan ham amalga oshiriladi. Oddiy 400 markadagi 
sementning dispersligi, ya’ni solishtirma yuzasi 2500-3000 sm
2/
g bo‘lishi 
mumkin.
Zichligi. 
Sement zichligi 3,05-3,15 g/sm
3
. Mineral qo‘shimchalar 
sement zichligiga ta’sir etishi mumkin. To‘kilgan holatdagi zichligi 
1100kg/m
3
atrofida, o‘rtacha zichlashtirilganda 1300 kg/m
3
.
Suvga talabi. 
Sementning bu xossasi normal quyuqlikdagi sement 
hamirini olishga zarur bo‘lgan suv miqdori bilan (sement massasiga 
nisbatan % hisobida) belgilanadi.
Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobining harakatlanuvchi 
pestigi taglikka 5-7 mm qolgan holatda belgilanadi. Sementning suvga talabi 
22-28% atrofida. Gidravlik qo‘shimchalarning sement klinkeriga qo‘shilishi 
suvga bo‘lgan talabni 32-37% gacha oshirishi mumkin.
Quyuqlanish davri. 
Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Igna taglikka 
1-2 mm etmaganda quyuqlanish davri boshlanganini, igna qorishmaga 1-2 
mm gagina kirsa, quyuqlanish oxirlaganini bildiradi. Oddiy sementlarda 
quyuqlanish 45 minutdan keyin boshlanib, 10 soatgacha davom etadi. 
Sementning quyuqlanish davri klinkerni maydalayotgan paytda 3-5% gips 
(massaga nisbatan) qo‘shib boshqariladi.
Hajmining bir tekisda o‘zgarmasligi 
erkin xoldagi SaO va MgO lar 
gidratatsiyasidan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish natijasidir. Bu xossa 
normal quyuqlikdagi sement hamirini 24 soatdan keyin 3 soat davomida 
suvda qaynatilib, radial yoriqlarning hosil bo‘lmasligi bilan aniqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin