To‘ldirgichlarni tayyorlash, tashish va saqlash. To‘ldirgichlar qazib
olingach yirik, mayda va o‘ta mayda (gil) fraksiyalarga ajratiladi. Zarurat
bo‘lsa turli aralashmalardan maxsus usullarda tozalanadi. To‘ldirgichlarni
boyitish jarayoni qazib olingan karerlarda amalga oshiriladi. Daryo
shag‘alqum aralashmasi ekskavatorlar yoki gidromexanizatsiya moslamalari
yordamida qazib olinadi, vibratsion yoki sortirovka apparatlari vositasida
suvli muhitda yuviladi va fraksiyalarga ajratiladi. Shag‘al yirik fraksiyalari
maydalanib chaqiq tosh tayyorlanadi.
Chaqiq tosh yassi vibratsion groxotlar (g‘alvir mashinalar) vositasida
fraksiyalarga ajratiladi. To‘ldirgichlar iste’molchilarga temir yo‘l transporti
(platformalarda, yarim vagonlarda), avtosamosvallarda, suv transporti
(barjalarda) vositalarida tashiladi.
To‘ldirgichlar ochiq maydonlarda, estakadalar va yer osti galereyalari
bilan jihozlangan omborxonalarda fraksiyalarga ajratilgan holda alohida-
alohida shtabellarda saqlanadi.
Suv. Beton qorishmasi tayyorlashda ichimlik suv yoki tarkibi zararli
aralashmalardan tozalangan, betonning normal quyuqlanishi va keyinchalik
qotishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan tabiiy suv ishlatiladi. Suvning
vodorod ko‘rsatkichi 4 kam bo‘lmasligi, tarkibida mineral tuzlar 5000 mgl,
shu jumladan sulfat tuzlari 2700 mgl dan (SO
3
ga hisoblanganda) ko‘p
bo‘lmasligi kerak. Sanoat, maishiy chiqindi suvlar, botqoq va sizot suvlarni
tozalanmagan holda beton qorishmasi tayyorlash uchun ishlatish mumkin
emas.
Suvning beton tayyorlash uchun yaroqliligi kimyoviy analiz usulida
aniqlanadi. Agar suvni kimyoviy analiz qilish imkoniyati bo‘lmasa, ichimlik
suvi va beton uchun tavsiya etilgan suvdan tayyorlangan namunalarning 28
sutkadan keyingi
mustahkamlik chegarasidagi
tafovut aniqlanadi.
Namunalar mustahkamligi farq qilmasa beton qorishmasiga tavsiya etilgan
suv yaroqli hisoblanadi.