Shag‘al donador tarkibi grafigi Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i 45% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi gilli va changsimon aralashmalar
betonning hossalarini yomonlashtiradi. Shag‘al va chaqiq tosh tarkibida
bunday aralashmalar miqdori 1% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi organiq aralashmalar beton sifatini
pasaytiradi va shu sababli ularning miqdori, qumda ishlatilgan kalorimetrik
usulda aniqlangan, etalondan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning beton tayyorlash uchun mustahkamligi
bo‘yicha yaroqliligi maxsus po‘lat silindrda ezilganda maydalanish
darajasiga qarab belgilanadi. Bu usul namuna ezilganda hosil bo‘lgan
diametri 5 mm dan kichik mayda donalarning (massaga nisbatan, %) eng
ko‘p miqdorini ko‘rsatadi. Yirik to‘ldirgich bu ko‘rsatkich bo‘yicha
quyidagi markalarga bo‘linadi: Dp8, Dp12, Dp16 va Dp24. Masalan: M300
va undan Yuqori markadagi beton uchun Dp8, M200 markali beton uchun
esa Dp12 markali shag‘al yoki chaqiq tosh tavsiya etiladi.
Yirik to‘ldiruvchilar tarkibida yumshoq va emirilgan donalar bo‘lsa,
betonning mustahkamligi va deformativ xususiyatlari yomonlashadi, shu
sababli ularning miqdori 10% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning sovuqqa chidamliligi standart usulda
aniqlanadi. Ular quyidagi markalarga bo‘linadi: F15, F25, F50, F100, F150,
F200 va F300.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar tarkibida tabiiy radionuklidlar mavjudligi
bo‘yicha radiatsion-gigiena nuqtai nazaridan baholanishi zarur.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar suvga talabi beton tayyorlash
texnologiyasida muhimdir. To‘ldirgichlar tabiiy holda yoki beton qorilganda
Э
ла
клар
да
ги т
ы
ла
=
олди
=
лар,
%
muayyan suv miqdorini shimishi va yuzasi ho‘llanishi mumkin. Suvning
qisman to‘ldiruvchilar uchun sarf bo‘lish omili beton tayyorlash
texnologiyasida hisobga olinishi shart.