”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Qumning yirikligi bo‘yicha klassifikatsiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Qumning yirikligi bo‘yicha klassifikatsiyasi
Qum guruhlari
№63 elakdagi to‘la qoldiq, %
Yiriklik moduli
Yirik
O‘rtacha
Mayda
50-75
35-50
20-35
3,5-2,5
2,5-2
2-1,5
Qumning donador tarkibi avval har bir elakdagi ayrim qoldiqni (%), 
keyin har bir elakdagi to‘la qoldiqni (%) topib, formula yordamida yiriklik 
moduli aniqlanadi. Elaklardagi ayrim qoldiqlar a
2,5
; a
1,25
; a
0,63
va hokazo, 
to‘la qoldiqlar esa A
2,5
; A
1,25
; A
0,63
va hokazo qilib belgilanadi.
Qumni elaklar tizimidan o‘tkazib, uning yiriklik modulini quyidagi 
formula yordamida hisoblash mumkin:
M
mk=
(A2,5+A1,25+A0,63+A0,315+A0,14)/100
Qum granulometrik tarkibiga nisbatan yirik, o‘rtacha va mayda 
qumlarga bo‘linadi.
Qumning donador tarkibini grafik holda berish mumkin. (12.1-rasm). 
Bunda vertikal o‘q bo‘yicha elaklardagi to‘la qoldiq miqdorlari, gorizontal 
o‘q bo‘yicha esa elak teshiklari o‘lchamlari berilgan. Grafikda shtrix bilan 
belgilangan soha qumning og‘ir beton tayyorlash uchun yaroqliligini 
bildiradi.
Qum tarkibidagi changsimon va loysimon aralashmalar beton 
qorishmasining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini 
pasaytiradi. Shuning uchun qum tarkibida 0,14 mm teshikli elakdan o‘tgan 
zarrachalar miqdori 10% oshmasligi, changsimon va loysimon zarrachalar 
esa 3% oshmasligi kerak. Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon 
aralashmalardan tozalash mumkin.
Tabiiy qum tarkibida organiq aralashmalar (o‘simlik chirindi 
qoldiqlari, organiq kislotalar) sement toshini asta-sekin yemirib, beton 
mustahkamligini pasaytiradi. Organiq aralashmalar bilan qumning 
ifloslanish darajasini kolorometrik usulda aniqlanadi. Qumga qo‘shilgan 
NaOH 3% eritmasi ta’sirida aralashma etalon rangidan ochroq bo‘lsa (etalon 
och sariq rangda) qum beton tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi. Og‘ir 
beton uchun ishlatiladigan quruq kvars qumining o‘rtacha zichligi 1500-
1550 kg/m
3
, zichlangan holda esa 1600-1700 kg/m
3
atrofida bo‘ladi. Kvars 
qumining o‘rtacha zichligi uning namligiga bog‘liq bo‘ladi. Qumning nisbiy 
namligi 57% bo‘lganda uning o‘rtacha zichligi minimum qiymatda bo‘ladi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin