”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Beton tayyorlash uchun materiallar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.
Beton tayyorlash uchun materiallar 
Betonning mexanik, deformativ, gidrofizik, termofizik xossalari uni 
tashkil etuvchi komponentlarning aynan shunday xossalariga mos bo‘ladi.
Sement.
Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli va 
putssolanli sementlar, giltuproqli sement va boshqa sement turlari 
ishlatilishi mumkin.


Sementning markasi betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
bo‘yicha markasiga nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi:
Beton 
markasi
M150 M200 M250 M300 M350 M400 M450 M500
M600 
va
yuqor 
i
Sement 
markasi
M300
M300 
M400
M400
M400 
M500
M400 
M500
M550 
M600
M550 
M600
M600 M600
 
Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan 
Yuqori bo‘lsa, sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar 
qo‘shilishi kerak. Yuqori aktivlikdagi sement tarkibiga diatomit, trepel, 
opoka, gliej kabi tabiiy, domna va yoqilg‘i shlaklari, kullar va sh.k. sanoat 
chiqindilari qo‘shilib, sementni tejash mumkin.
Betonni ishlatish iqlim sharoitiga qarab past yoki Yuqori ekzotermikli 
sementlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Mayda to‘ldirgich.
Barcha tabiiy va sun’iy tosh materiallarning 
0,155mm fraksiyasi beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich-qum sifatida 
ishlatiladi.
Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy emirilishidan 
hosil bo‘lgan yoki qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida 
maydalab saralangan qumlar ishlatiladi.
Qum donachalari mineral tarkibi asosan kvars, dala shpati, kalsit, 
slyuda kabi otqindi tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ohaktosh, dolomit kabi 
cho‘kindi tog‘ jinslari kamroq bo‘ladi.
Beton tayyorlashda daryo, dengiz qumlari yoki tog‘ (jar) qumlari 
ishlatilishi mumkin. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval 
shaklda bo‘lib, loy bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari 
serqirra shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo‘ladi. Qum 
zich tog‘ jinslarini, shlaklarni maydalab olinganda serqirra va yuzasi g‘adir-
budir donachalar hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil 
bo‘lgan qumlarga nisbatan toza bo‘ladi. Yuqori sifatli beton tayyorlash 
uchun qumlarni yuvib, quritib ishlatish kerak.
Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral tarkibiga, donador 
tarkibiga, gil va loyli aralashmalar miqdoriga, organiq aralashmalar 
mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi donalardan iborat 
bo‘lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan 
tayyorlangan beton esa zich strukturaga ega bo‘ladi. Qumning 
maydayirikligi, ya’ni donador (granulometrik) tarkibi quritilgan qumni 
(1000 g) standart elaklar yig‘ilmasidan o‘tkazish usulida aniqlanadi. Elaklar 
yig‘ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm ko‘zli elaklardan iborat 
bo‘ladi.


Qum tarkibida 5-10 mm fraksiyadagi qum-tosh aralashmasi 5% oshmasligi 
kerak, 10 mm yirik donalar esa bo‘lmasligi shart.
12.1-jadval

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin