”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Bog‘lanuvchanlik. 
Beton qorishmaning tashqi fizik-mexanik omillar 
ta’sirida qatlamlanmaslik xususiyati bog‘lanuvchanligini ifodalaydi. Beton 
qorishmasi tashilayotganda, qoliplanish jarayonida qatlamlanishi, ya’ni suv-
sement aralashmasi to‘ldirgichlardan alohida ajralishi mumkin.
Beton qorishmasining bog‘lanuvchanlik darajasini plastiklik darajasi 
bilan aniqlash mumkin. Bog‘lanuvchanligi etarli bo‘lmagan beton 
qorishmasi standart konusni to‘ldirish va zichlashtirish jarayonida 
qatlamlanadi va qolip yechilgach, hosil bo‘lgan beton konus sochiladi yoki 
qulaydi.
Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga 
va hossalarining yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Beton qorishmasining 
bog‘lanuvchanligini oshirish uchun uning tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. 
Beton tarkibida sement miqdorining ko‘p bo‘lishi, suv miqdorining 
kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi.
Yuqori markadagi sementlar oz miqdorda past markadagi betonlar 
tayyorlash uchun ishlatilganda beton qorishmasining suv ushlashlik 
qobiliyati kamayadi va natijada qorishma qatlamlanadi. Beton tarkibini 
hisoblashda uzluksiz granulometrik tizimni saqlash ham yaxshi natija 
beradi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning tarkibidagi 
suvning miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan 
suv sement gidratatsiyasi va to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llash uchun sarf 
bo‘ladi. Beton qorishmasini qorish, tashish, qoliplash va zichlashtirish 
singari texnologik jarayonlarni hisobga olib suv miqdori ko‘paytiriladi. 
Mayda va yirik to‘ldirgichlar miqdori muayyan mutanosiblikda 
belgilanmasa, beton qorishmasining suvga bo‘lgan talabi oshib ketadi. 
Masalan, serqum betonlar suvni ko‘p talab qiladi, chunki qumning 


solishtirma yuzasi shu massadagi yirik to‘ldirgichga nisbatan ancha ko‘p 
bo‘ladi.
Betonning asosiy xossalari doimiy o‘zgarmas bo‘lishi uchun suv-
sement nisbati ham o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Odatda 1 m
3
beton qorishmasi 
tayyorlash uchun, sement sarfi 200-400 kg/m
3
bo‘lganda sarflanayotgan 
suvning miqdori betonning markasiga mos ravishda o‘zgarmas bo‘ladi. 
Shuning uchun beton tarkibi hisoblanayotganda suvning miqdorini 
sementning miqdoriga nisbatan avvaldan tayyorlangan jadval yoki grafiklar 
yordamida to‘ldiruvchilarning turi va fraksiyasini hisobga olgan holda 
tanlash
mumkin (6.4-rasm).
Zich va mustahkam beton tayyorlashda sement va suv aralashmasidan 
iborat bo‘lgan sement xamirining miqdori katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Sement xamirining optimal miqdori mayda va yirik to‘ldirgichlarning 
miqdoriga va fraksiyalariga bog‘liq bo‘ladi.
Chunonchi beton qorishmasi tarkibida qumning ko‘payishi sement 
xamirining sarfini oshiradi. Shuning uchun mayda va yirik to‘ldirgichlar 
nisbatini shunday tanlash zarurki, bunda donalar orasidagi bo‘shliq minimal 
bo‘lishi kerak. Sement xamiri miqdorini asossiz kamaytirish betonning 
zichligi va mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Harakatchanlik OK, sm

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin