”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Beton qorishmasining xossalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.
 Beton qorishmasining xossalari 
Beton qorishmasining reologik xossalari. 
Ratsional tanlangan 
tarkibdagi va meyoriga yetkazib aralashtirilgan, qotmagan xoldagi 
kompozitsion aralashmasiga beton qorishmasi deyiladi.
Nazariy va amaliy jihatlardan beton qorishmasi uzluksiz strukturaga 
ega bo‘lishi zarur. Beton qorishmasida sement, suv, mineral va polimer 
qo‘shimchalar mikrostrukturani hosil qiluvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar 
esa makrostruktura asosini hosil qiluvchi komponentlar hisoblanadi. Beton 
qorishmasining yaxlitligini komponentlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan ichki 
kuchlar ta’minlaydi. Strukturani hosil qiluvchi asosiy komponent suv va 
sement xamiridir. Sement gidratatsiyasi jarayonida qattiq fazaning 
dispersligi oshishi hisobiga sement xamirining elimlovchi va bog‘lovchilik 
xususiyatlari ortib boradi. Beton qorishmasi tarkibi butun hajmi bo‘ylab bir 


xil bo‘lishi va qulay joylanuvchanligi uni tashish va qoliplashda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Beton qorishmasiga tashqaridan kuch ta’sir etganda boshlang‘ich 
davrda elastik deformatsiyalanadi, kuchning oshib borishi natijasida 
qorishmaning strukturaviy mustahkamligidan ortiq kuchlanish hosil 
bo‘lganda u suyuqlanib oqa boshlaydi. Ushbu jarayonni izohlab beton 
qorishmasini elastik-plastik-oquvchan jism deb qarash va qattiq jism fizikasi 
va haqiqiy suyuqlik nuqtai nazaridan o‘rganish zarur.
Beton qorishmasini mexanik ta’sirlar natijasida suyulib, ta’sirlar 
olingach yana o‘z holiga qaytishi tiksotropiyasi deyiladi.
Beton qorishmasi oquvchanlik hossalarini mexanik ta’sirlar yoki 
maxsus suyultiruvchi sirtaktiv moddalar qo‘shilib o‘zgartirish mumkin. 
Beton qorishmasining bu xususiyati undan beton va temirbeton 
konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin