Betonning kirishishi va shishishi Beton asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalar ochiq havoda
qurishi natijasida kirishadi. Betonning kirishishi natijasida o‘lchamlari
o‘zgaradi, ichki zo‘riqishlar hosil bo‘lib, mikroyoriqlar paydo bo‘lishi
mumkin. Betonning kirishishiga namligining kamayishi, karbonlanish va
kontraksiya jarayonlari sababchi bo‘ladi.
Beton tayyorlanganda aralashtirilgan suvning bir qismi sement bilan
reaksiyaga kirishib gidrominerallar hosil bo‘lishiga, ikkinchi qismi esa
to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llashga sarf bo‘ladi, ortiqcha suv asta-sekinlik
bilan betondan bug‘lanib chiqib ketadi. Suvning bug‘lanishi va
gidrominerallar hosil bo‘lishiga sarflanishi betonning kirishishiga va ichki
mikrodefektlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Sement toshi tarkibidagi
kalsiy ishqorining (Sa(ON)
2
) karbonlashishi natijasida kalsiy karbonatning
(SaSO
3
) hosil bo‘lishi betonning kirishish jarayonini chuqurlashtiradi.
Sement toshida yuz beradigan kontraksiya holati natijasida hosil bo‘ladigan
betonning kirishishi umumiy kirishishning 510% tashkil qiladi. Demak,
betonda hosil bo‘ladigan asosiy kirishish qorishma tayyorlanayotganda
qo‘shilgan ortiqcha suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Betonning kirishishi natijasida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish
tayyorlangan buyum yoki konstruksiyaning qalinligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Chunki massiv konstruksiyalarda yuza qismlari qurib, ichki qismlari nam
holda bo‘lishi betonda notekis kirishishni keltirib chiqaradi, natijada sement
toshi va to‘ldirgichlar kontakt sohasida ichki mikroyoriqlar hosil bo‘ladi.
Betonda hosil bo‘ladigan kirishishni, ya’ni ichki zo‘riqishlarni
kamaytirish uchun iloji boricha ortiqcha texnologik suv miqdorini
kamaytirish, to‘ldirgichlar fraksiyalari uzluksizligini ta’minlash kerak.
Beton, qorishma va sement toshining kirishishi 6.10-rasmda berilgan.
Demak, sement toshi tarkibiga mayda va yirik to‘ldirgichlarning kiritilishi
mutanosib ravishda kirishishini kamaytiradi.
Qotish vaqti, sut
К
ири
шиш, мм
м