tayyorlangan gazbetonda gaz hosil bo‘lishi tezlashadi va ko‘pchitish
jarayoni 5-7
minut davom etadi, quyma texnologiyada esa ushbu jarayon
15-20 minutni tashkil etadi. Titratish usulida gazbeton tayyorlanganda 0,5-
1,5 soatdan keyin uning strukturaviy mustahkamligi etarli bo‘ladi. SHu
sababli titratish usulida gazbetonni yirik qoliplarga quyib, so‘ng bloklar
ko‘rinishida kesib olish va avtoklavlarda issiqlik bilan quyma texnologiyaga
nisbatan qisqaroq vaqt mobaynida qayta ishlab qotirish mumkin.
Avtoklavda issiqlik va bosim ostida
ishlov berish serxarajat va
texnologik murakkab jarayon bo‘lgani uchun gazbetonni xona haroratida
(20
0
S atrofida) suvning sarfini kamaytirgan holda sirtaktiv moddalar qo‘shib
qotirish texnologiyasi yaratilgan. Xona haroratida tayyorlangan va
qoliplangan gazbetonning qotishini tezlashtirish uchun atmosfera bosimi
ostida bug‘lash kifoyadir.
Gazbeton ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun 10-12 m
3
hajmdagi
(balandligi 2 m gacha)
yirik bloklarni quyib, struktura mustahkamlikgacha
qotirilgach, maxsus stanok yordamida standart bloklar holida kesiladi, so‘ng
issiqlik bilan qayta ishlanadi.
Gazbeton frezer stanoki yordamida kalibrovkalanadi, yuzasi tekislanib
jilolanadi. Hosil bo‘lgan gazbeton elementlardan armatura o‘tkazilib bir etaj
balandligidagi devorbop panellar yig‘ish mumkin.
Avtoklavda havoyi ohak, kvars qumi kukuni
yoki kul va metallurgiya
shlaklari kukuni asosida gazsilikatbeton tayyorlanadi. Havoyi ohak va kvars
qumi kukuni 1:3 dan 1:4,5 gacha nisbatda massa bo‘yicha olinadi. Bir metr
kub gazsilikatbeton tayyorlash uchun 120-180 kg havoyi ohak bog‘lovchisi
sarflanadi. Gazsilikatbeton ohak va kremnezem o‘rtasida bo‘ladigan
kimyoviy reaksiya natijasida qotishi tufayli faqat avtoklavda qayta ishlanishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: