”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.
 
Betonning maxsus turlari 
Gidrotexnik beton 
 
Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va 
temirbeton 
konstruksiyalar 
tayyorlashga 
mo‘ljallangan 
bo‘lib, 
mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv muhitlarga 
chidamliligi va issiqlik ajratishi bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi 
shart.
Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli 
tarkiblarda bo‘ladi. Tashqi qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanibqurib, 
muzlab-erib turishi mumkin. Bu holat daryo, dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, 
elektrostansiya, metallurgiya va kimyo sanoati aylanma suvlarini 
sovutadigan gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda ishlatiladigan 
gidrotexnik beton Yuqori sifatli sement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, 
mineral va polimer sirtaktiv qo‘shimchalar qo‘shib, beton tarkibini ratsional 
tanlab, beton tayyorlash jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. 


Sement tarkibiga kiritilgan gidravlik qo‘shimchalar betonning agressiv 
muhitlarga chidamliligini oshiradi va issiqlik ajratishini kamaytiradi. 
Sement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob, difil qo‘shimchalar 
va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning gidrofizik 
xossalarini yaxshilaydi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan gidrotexnik beton 
M100-M400 markalarda bo‘ladi. Betonning markasi 180 sutkada 
aniqlanadi.
Gidrotexnik inshootlarning massiv ichki qatlami tashqi qatlam singari 
murakkab iqlim sharoitida ishlamaydi. Ichki qatlam betoni issiqlikni kam 
ajratishi zarur, aks holda massiv konstruksiyalarda harorat farqidan ichki 
zo‘riqish va natijada yoriqlar hosil bo‘ladi. Ichki qatlam betoni shlakli 
portlansement va putssolanli portlandsement asosida tayyorlansa, issiqlik 
ajrab chiqishi keskin kamayadi va beton korroziya muhitlariga chidamli 
bo‘ladi. Ichki qatlam uchun betonning markasi M100, M150 bo‘lsa kifoya, 
suv o‘tkazmasligi esa W2, W4 bo‘ladi.
Gidrotexnik beton suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W2-W12 markalari 
bo‘ladi. Gidrotexnik beton sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi 
markalarga bo‘linadi: /100, /150, /200, /300, /400, /500.
Betonning 
doimo 
suv 
muzlab-eriydigan 
qatlamlardagi 
suv 
shimuvchanligi massa bo‘yicha 5%, boshqa qatlamlar uchun esa 7% 
oshmasligi kerak.
Gidrotexnik betonning chiziqli kirishishi, havoning nisbiy namligi 
60%, harorati 18
0
S bo‘lganda, 28 sut 0,3 mmkm va 180 sut 0,7 mmkm dan 
oshmasligi kerak. Suvli muhitda shishishi 28 sut-0,1 mmkm, 180 sut-0,3 
mmkm dan oshmasligi shart.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin