”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Olovbardosh beton 
 
Beton Yuqori harorat ta’sirida suvsizlanadi, mustahkamligi pasayadi, 
kristallogidratlar va Sa(ON)
2
parchalanadi, yoriqlar hosil bo‘ladi. Bu holat 
betonning buzilishiga sabab bo‘ladi. Yuqori haroratda erkin holda hosil 
bo‘lgan SaO biriktirish uchun beton tarkibiga nozik kukunlangan 
kremnezem SiO
2
kiritiladi, natijada 700-900
0
S haroratda nCaO
.
SiO
2
cingari 
qattiq minerallar hosil bo‘ladi.
Olovbardosh beton tarkibiga aktiv mineral qo‘shimchalar (pemza, 
shlak, shamot, kul va sh.k) qo‘shilgan portlandsement, shlakli 
portlandsement, giltuproqli sement va kremneftorli natriy qo‘shilgan suyuq 
shisha asosida tayyorlanadi.
Olovbardosh betonlar ishlatilish haroratiga nisbatan Yuqori o‘tga 
chidamli (1770
0
S Yuqori), o‘tga chidamli (1580-1770
0
S) va past o‘tga 
chidamli (1580
0
S past) betonlarga bo‘linadi.
Mineral qo‘shimchali portlandsement va shlakli portlandsement 
asosida 700
0
S haroratgacha chidaydigan olovbardosh betonlar tayyorlash 
mumkin. Ekspluatatsiya harorati 1000
0
S bo‘lganda va kislotali muhitlar 
ta’sir etishi ehtimoli bo‘lsa, suyuq shisha asosidagi olovbardosh betonlar 
ishlatish maqsadga muvofiq.
Giltuproqli sement asosidagi betonlar 1580
0
S dan yuqori haroratga 
bardosh beradi. Olovbardosh betonlarni fosfatli va alyumofosfatli 
bog‘lovchilar asosida ham olish mumkin. Fosfatli bog‘lovchilar asosidagi 
betonlar 1700
0
S gacha ishlatiladi, ular yuqori termik mustahkamlikka, olov 
ta’sirida kam miqdorda kirishish va edirilishga bardoshlik xususiyatiga ega.
Olovbardosh beton to‘ldiruvchilari yuqori haroratga va olovdan bir 
tekis kengayish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, aks holda tartibsiz ravishda 
yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ishchi harorat 700
0
S gacha bo‘lganda kvarssiz vulkaniq tog‘ jinslari 
(sienit, diorit, diabaz, gabbro) olovbardosh og‘ir betonlar olishda ishlatiladi. 
/ovak aynan shunday jinslar (pemza, vulqon tufi, kullar) yengil olovbardosh 
betonlar tayyorlashda ishlatiladi.


Olovbardosh beton 700-900
0
S haroratda ishlatilsa, to‘ldirgich sifatida oddiy 
pishgan g‘isht maydasi va donador domna shlaklari ishlatilishi mumkin. Yuqori 
haroratda 900
0
S yuqori ishlatiladigan olovbardosh betonga to‘ldirgich sifatida 
bo‘laklangan shamot, xromit rudasi, shamot, xrommagnezit kukunlari va 
boshqalar qo‘llaniladi.
Keramzit, perlit, vermikulit, vulqon tufi kabi g‘ovak to‘ldirgichlar 
asosida 700-1000
0
S haroratda ishlatiladigan yengil olovbardosh betonlar 
tayyorladi. Yengil betonning o‘rtacha zichligi 2100 kgkm
3
yuqori bo‘lishi 
kerak. O‘rtacha zichligi 500-1200 kgkm
3
bo‘lgan yacheykali olovbardosh 
betonlar ham
tayyorlanishi mumkin.
Olovbardosh betonlar turiga ko‘ra M100-M250 markalarda bo‘ladi. 
Olovbardosh betonlar energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neft 
va gazni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida 
ishlatiladi.
Olovbardosh betonlardan sanoat pechlari ichki qoplamalari, domna va 
marten pechlari poydevorlari, tutun trubalari va monolit konstruksiyalar 
tayyorlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin