bo‘ladi pichoq esa qo‘zg‘almas bo‘lib, surkaladigan massa qalinligi va
zichligini boshqarish uchun qiyaligi va tirqich o‘lchamlari o‘zgartiriladi.
Surkaladigan massa qizdirilgan va sovuq holda bo‘lishi mumkin. Bu usulda
linoleumlar, pavinol, linkrust, bumoplastlar va boshqa o‘rama
materiallar
tayyorlanadi.
Shimdirish usulida
matolar, qog‘ozlar, tolalar suyultirilgan plastik
massaga botirib olinib so‘ng quritiladi. Shimdirish mashinalari gorizontal va
vertikal tiplarda bo‘ladi. SHimdirish usulida bakelitli elimlanadigan plenkalar,
karbamid va melamin formaldegid polimerlari
shimdirilgan bezak plenkalar,
tekstolit olishda yarim xom ashyo vazifasini o‘taydigan shisha, asbest va paxta
tolali matolar polimerlarda shimdirib olinadi.
Polimerlarni (stirol, poliakrilatlar, latekslar va boshq) sementli, gipsli, silikatli
betonlarga, armotsementlarga va sh.k. shimdirib kimyoviy muhitlarga
chidamli, o‘ta mustahkam, sovuqqa bardoshli buyum va
konstruksiyalar
tayyorlanadi.
Sepish usulida
plastik massa metall lenta yoki baraban yuzasiga kichik
qalinlikda yoyiladi, qotgach yupqa plenka ko‘rinishida ko‘chirib olinadi. Bu
usulda atsetilsellyulozali shaffof plenkalar va tezda quriydigan polimer elastik
kompozitsiyalar asosidagi materiallar olinadi.
Purkash usulida
kukunsimon polimer
qizdirilgan yuzaga sepiladi,
yuzaga erib yopishgan polimer sovitilgach mustahkam polimer qoplamasi hosil
bo‘ladi. Purkash usulining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: gaz alangali, o‘rama
(vixr) va psevdosuyuqlantirilgan. Gaz alangali purkashda polimer kukuni
(polietilen, polipropilen, poliamidlar va boshq.) alanga orasidan o‘tib
suyuqlanadi, yuzaga urilib yopishadi va zarur bo‘lgan
qalinlikdagi material
hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: