Shisha tekstolit
shisha matoni termoreaktiv
polimerda shimdirib issiq
holatda presslab olinadi. Polimer bog‘lovchi sifatida fenolformaldegid smolasi
ishlatiladi. Shisha tekstolit uzunligi 2400 mm, eni 600-1200 mm, qalinligi 1-7
mm listlar va uzunligi 2400 mm, eni 7001000 mm va qalinligi 9-35 mm
plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Shisha tekstolitning o‘rtacha zichligi
1800 kgm
3
, cho‘zilishdagi mustahkamlik
chegarasi 230 MPa, siqilishda 95 MPa va egilishda 120 MPa. SHisha
tekstolitlar issiqlik va kimyoviy muhitlar ta’siriga
bardoshli, suvga chidamli
bo‘ladi. Ular asosida oyna va eshik bloklari, furniturlar,
sanitariya-texnika
buyumlari, uch qatlamli panellar, qobiqlar, tombop to‘lqinsimon
buyumlar
tayyorlanadi.
Yog‘och qatlamli plastiklar
yog‘och shponlarni fenolformaldegid
(amino-aldegid va boshq) polimeriga shimdirib, paket
issiq holatida presslab
tayyorlanadi. Ularning uzunligi 5600 mm, eni 950-1200 mm va qalinligi 12
mm bo‘ladi. O‘rtacha zichligi kamida 1300 kgm
3
. Yog‘och qatlamli plastiklar
(DSP-V-700 va DSP-V) Yuqori mustahkamlikka, zarbiy qovushoqlikka ega.
Material yuzasi silliq,
sariq-jigar rangli, yog‘och teksturasi yaxshi
ko‘rinadigan, biroz yaltiroq. Ularga mexanik ishlov berish (arralash,
parmalash, mix va shuruplar o‘tkazish va sh.k.) oson kechadi. Yog‘och
qatlamli plastiklar devor va pardadevorlarni qoplash,
turarjoy va madaniy-
maishiy binolar shiplarini bezatish uchun konstruksion material sifatida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: