Betonga PVA emulsiyasini kiritib betonning cho‘zilishdagi va egilishdagi
mustahkamligini oshirish mumkin. Lekin PVA emulsiyasi qo‘shilgan betonlar
quruq joylarda (havoning nisbiy namligi 40-50% gacha)
ishlatishga
mo‘ljallangan. Ularning havoda kirishishi oddiy betonga nisbatan Yuqori
bo‘ladi. Buning sababi PVA emulsiyasi tarkibidan suvning bug‘lanishi va
polimerning plenka holatiga o‘tishidir.
Epoksid, atseton-formaldegid kabi qotiruvchilar ishtirokida qotadigan
polimerlar kiritilgan
betonlarning mustahkamligi, suvga, agressiv muhitlarga
bardoshliligi va suv o‘tkazmasligi ortadi.
Polimersement betonlarning sovuqqa chidamliligi /150-/300 markalarda
bo‘ladi, edirilishga bardoshliligi esa sementli betonlarga nisbatan 15-20 marta
Yuqori bo‘ladi.
Polimersementli betonlar sanoat binolari, omborxonalar pollari, aerodrom
va yo‘l
qoplamalari qurilishida, antikorrozion qoplamalar olishda temirbeton
konstruksiyalar choklarini berkitishda va boshqalarda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: