”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.
 
Qurilish materiallarini polimer bilan modifikatsiyalash 
Beton, yog‘och, tabiiy toshlar, gips va ohak bog‘lovchilar asosidagi 
materiallar va boshqalarni polimerlar bilan modifikatsiyalash usulida ularning 
xossalarini yaxshilash mumkin. Polimerlar bilan modifikatsiyalangan qurilish 
materiallarining mustahkamligi, deformativ xossalari, kimyoviy agressiv 
muhitlarga chidamliligi Yuqori bo‘ladi. Modifikatsiyalangan materiallarning 
edirilishga, zarbga bardoshliligi Yuqori bo‘ladi, dinamik kuchlanishlarga 
qarshilik qilish xususiyati ortadi.
Modifikatsiyalangan qurilish materiallari kompozitsion material bo‘lib, 
bu erda material odatda karkas yoki birlamchi faza vazifasini, polimer esa 
modifikatsiyalovchi matritsa yoki qo‘shimcha vazifasini o‘taydi.
Betonlarni modifikatsiyalash.
Sementli betonlar polimersementli beton, 
betonopolimer va polimer qoplamali beton ko‘rinishlarida modifikatsiyalanadi.
Polimersementli beton
sement massasiga nisbatan 17-20% polimer 
qo‘shilib tayyorlanadi. Bunda polimer qotib mustahkam o‘ziga xos karkas 
hosil qilishi natijasida betonning xossalari yaxshilanadi. Mineral bog‘lovchi 
sifatida portlandsementdan tashqari putssolanli, shlakli sementlar, silikatli va 
gipsli bog‘lovchilar ham ishlatilishi mumkin.
Polimer moddalar sifatida polivinilatsetat (PVA), SGS-65 GP latekslari, 
suvda eriydigan epoksid, atseton-formaldegid polimerlari va boshqalar 
qo‘llaniladi. Polimerlar odatda beton qorishma tayyorlanayotgan paytda 
qo‘shiladi.


Betonga PVA emulsiyasini kiritib betonning cho‘zilishdagi va egilishdagi 
mustahkamligini oshirish mumkin. Lekin PVA emulsiyasi qo‘shilgan betonlar 
quruq joylarda (havoning nisbiy namligi 40-50% gacha) ishlatishga 
mo‘ljallangan. Ularning havoda kirishishi oddiy betonga nisbatan Yuqori 
bo‘ladi. Buning sababi PVA emulsiyasi tarkibidan suvning bug‘lanishi va 
polimerning plenka holatiga o‘tishidir.
Epoksid, atseton-formaldegid kabi qotiruvchilar ishtirokida qotadigan 
polimerlar kiritilgan betonlarning mustahkamligi, suvga, agressiv muhitlarga 
bardoshliligi va suv o‘tkazmasligi ortadi.
Polimersement betonlarning sovuqqa chidamliligi /150-/300 markalarda 
bo‘ladi, edirilishga bardoshliligi esa sementli betonlarga nisbatan 15-20 marta 
Yuqori bo‘ladi.
Polimersementli betonlar sanoat binolari, omborxonalar pollari, aerodrom 
va yo‘l qoplamalari qurilishida, antikorrozion qoplamalar olishda temirbeton 
konstruksiyalar choklarini berkitishda va boshqalarda ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin