”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Payvandlash usulida
yarim tayyor plastmassa qismlardan zarur bo‘lgan 
shakldagi buyumlar yig‘iladi. Polietilen, polipropilen, polivinilxlorid va 
boshqa termoplastik polimerlar asosidagi plastmassa buyumlar, sanitariya-
texnika murakkab burma qismlar payvandlash usulida tayyorlanadi. 
Payvandlash usulida plastmassalarni qizdirish issiq havo, Yuqori chastota, 
ultratovush, radiatsion, kontakt qizdirish uslubida amalga oshiriladi. 
Payvandlangan plastmassa choklari mustahkam bo‘lib, nuqsonlar hosil 
bo‘lmaydi.
Yelimlash usulida
termoplastik va termoreaktiv plastmassa qismlardan 
yig‘ilib buyum va konstruksion materiallar olinadi. Plastmassalarni 
yelimlashda turli xil yelimlar issiq va sovuq holda ishlatiladi. Termoplastik 
polimerlar ulanish joyi organiq erituvchilar yordamida ishlov berilib bir oz 
shishirish hisobiga yaxlitlanishi mumkin. Yelimlanadigan plastmassa xiliga 
qarab aynan shu polimer asosida olingan yelimlar ishlatilishi maqsadga 
muvofiqdir. Epoksid smolasi, poliuretanlar asosidagi universal yelimlar va 
boshqa superelimlar polimer qismlar va buyumlarni elimlashda ishlatiladi.
Polimer yelimlar.


Yelimlar sintetik smolalar asosida tayyorlanadi. Bog‘lovchi sifatida 
termoreaktiv va termoplastik polimerlar, kauchuklar, sellyuloza hosilalari va 
boshqa moddalar ishlatiladi.
Yelimlarning xossalarini mukammallashtirish maqsadida tarkibiga 
erituvchilar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar, stabilizatorlar 
va modifikatorlar kiritish mumkin.
Yelimlar sovuq va issiq holatda qotadi. Polimer yelimlar asosida yog‘och, 
plastmassa, metall, keramika, shisha, tabiiy va sun’iy toshlar, qog‘oz 
materiallar, rezina va boshqalar yelimlanadi. Bundan tashqari polimer yelimlar 
asosida yog‘och, temirbeton, metall konstruksiyalarni yig‘ish va montaj qilish 
mumkin.
Yog‘och, 
qog‘ozlardan 
tayyorlangan 
materiallar 
odatda 
karbamidformaldegid, fenol-formaldegid polimerlari yelimlari bilan, metall, 
keramika, shisha, plastmassa buyumlar epoksid, poliizotsionat, poliefir 
polimerlari asosidagi yelimlar bilan elimlanadi.
“Bustilat” yelimi bilan polivinilxlorid linoleumlar va plitkalar, sintetik 
gilamlar va matodan tayyorlangan pardalarni asosga elimlanadi.
Perxlorvinil yelim pogonaj buyumlarni, parda materiallarni, yog‘och, 
beton va sh.k. buyumlarni elimlash uchun ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin