26.1-rasm. Valsovkalash sxemasi
a) massa quyish; b) valsovkalash; v) massani bir valikka o‘tkazish; g)
massani kesish.
Uzluksiz valsovkalash jarayonida massa tirqich orasidan siqilib o‘tishidan
tashqari valiklar bo‘ylab ham yoyiladi. Shuning uchun jarayon oxirida ortiqcha
massa ikki tomondan pichoq yordamida kesib olinadi. Bu usulda plastmassa
komponentlari
ezilishi tufayli maydalanadi, polimer, kukun to‘ldirgich va
boshqa modifikatorlar yanada mayin aralashadi, hosil bo‘lgan harorat ta’sirida
plastiklik ortadi. Plastmassa yuzasiga ishlov berishga mo‘ljallangan oxirgi
valik yuzasi silliqlangan va polirovkalangan bo‘lishi kerak. Plastmassalarga
issiqlik bilan ishlov berilishi zarur bo‘lsa, valiklar bug‘
yoki elektr isitkich
(tenlar) vositasida qizdiriladi.
Kalandrlash
usulida plastmassa berilgan qalinlikda va kenglikda
yumshatilgan polimer qorishmani valiklar orasidagi tirqichdan to‘xtovsiz
o‘tkazib lenta shaklida tayyorlanadi.
Valiklar soniga ko‘ra kalandrlar ikki, uch, to‘rt, va besh valikli bo‘ladi.
Valiklar
vertikal, gorizontal G-shaklida, L-shaklida va Z shaklida bo‘lishi
mumkin. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi 26.2-rasmda berilgan.
26.2-rasm. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi:
a) G-shaklidagi kalandr; b) Z-shaklida kalandr.
Kalandr konstruksiyasi ishlov beriladigan
plastiklik massaning xiliga
qarab (rezina yoki termoplastlar) tanlanadi. Mahsulot yuzasi tekis bo‘lishi
uchun ishchi valiklar yuzasi jilolanadi va polirovkalanadi.
Kalandr valiklari bug‘ yoki elektr toki yordamida isitilishi mumkin.
Ekstruziya
usulida polimer materiallar qizdirilgan massani munshtuk
(shakl beruvchi teshik) orqali siqib chiqarib shakl berib tayyorlanadi.
Ekstruziya usulida profilli uzun o‘lchamli (pogonaj) quvurlar, listlar,
plenkalar, linoleumlar, poroizollar va boshqa qurilish materiallari va buyumlar
ishlab chiqariladi. Bu usulda diametri F 5-20
mm quvurlar, eni 0,3-1,5 m li
plenka va listlar va boshqa o‘lchamdagi buyumlar tayyorlash mumkin.
Ekstruziya mashinalari ikki turda bo‘ladi: shnekli (bir va bir necha) va bosim
ostida ishlaydigan shprits ekstruderlar.
Shnekli yoki chervyakli ekstruderlar plastmassa ishlab chiqarishda keng
tarqalgan (26.3-rasm). Ekstruziya mashinalarining ishchi organi vint yoki
chervyak bo‘lib, plastik massani sinchiklab aralashtiriladi
va vint harakati
natijasida bosim ostida munshtukdan siqib chiqarib, shakl beradi. Plastmassa
hom
ashyosi ekstruderga granula, biser yoki kukun ko‘rinishida solinadi va
mashina tashqi qobig‘i ichiga o‘rnatilgan maxsus isitkichlar yordamida
qizdirib yumshatiladi.
Dostları ilə paylaş: