Poliamid polimerlari ikki
asosli
kislotalar
va
diaminlarni
polikondensatsiya
reaksiyasi
asosida
olinadi.
Ular
gidroizolyasiya
qoplamalarida, beton va qorishmalar uchun modifikator sifatida va boshqa
joylarda ishlatiladi.
Poliuretan polimerlari izotsionatlar va ko‘p atomli spirtlar asosida sintez
qilib olinadi. Poliefir turiga qarab yumshoq elastik va bikr poliuretan
materiallar tayyorlash mumkin. Poliuretanlar betonga, asbotsementga, ayniqsa
metallarga juda katta kuch bilan yopishish xususiyatiga ega. Poliuretanlar
asosida kauchuklar, o‘ta yengil yacheykali betonlar, issiqlik izolyasiyasi va
tovush yutuvchi plastmassalar, metall bilan tayyorlangan uch qatlamli yengil
panellar va boshqa buyumlar olinadi.
Kremniyorganiq polimerlar makromolekulasi tuzilishida kremniy
kislorodli (siloksanli) bog‘lar bo‘lishi bilan boshqa turdagi polimerlardan
farqlanadi. Ularda molekulalar kremnezemli skelet va tarmoqlangan
radikallardan iborat bo‘ladi.
Kremniyorganiq polimerlarda silikat moddalarga xos Yuqori issiqlikka
bardoshlilik, mustahkamlik va sintetik polimerlarga tegishli bo‘lgan elastiklik
, kimyoviy muhitlarga chidamlilik xususiyatlari mujassamlashgan. Ular kichik
molekulali kremniyorganiq birikmalardan (alkil, aril) siloksanlardan sintez
qilib tayyorlanadi.
Kichik molekulali kremniyorganiq polimerlar (GJK-10, GJK-11, GJK-93,
GJK-94) gidrofoblik va plastifitsirlovchi xossalarga ega bo‘lgani uchun nam
sharoitga chidamli fasad uchun bo‘yoqlar, qorishma va beton uchun
qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
Chiziqli tuzilishdagi Yuqori molekulali kremniyorganiq polimerlar
asosida sintetik kauchuklar olinadi. Ular qurilishda germetiklar, izolyasion
pastalar, elimlar sifatida qo‘llaniladi.
Havoyi birikkan tuzilishdagi Yuqori molekulali kremniyorganiq
polimerlar 400
0
S dan ortiq issiqlikka bardoshlilik va bikrlikka ega. Ular
asosida issiqqa bardoshli loklar va emallar, elimlar, yacheykali betonlar, tolali
va qatlamli plastiklar tayyorlanadi.
Sellyuloza va oqsillar kabi tabiiy Yuqori molekulali moddalarni
modifikatsiyalab sintez qilish usulida qurilish materiallari uchun bog‘lovchilar
tayyorlanadi. Masalan, atsetilsellyulozadan yog‘och va metallarni bo‘yash
uchun mustahkam va suv muhitiga chidamli loklar olinadi.