Polimetilmetakrilat (organiq shisha) metakril kislotasining metil efirini
polimerizatsiyalash usulida olinadi. Metilmetakrilat rangsiz shaffof modda
bo‘lib, tabiiy gaz, neft uglevodorodlaridan murakkab kimyoviy texnologik
ishlov berib tayyorlanadi.
Polimetilmetakrilatning o‘ta shaffofligi, rangsizligi, ultrabinafsha nurlarni
o‘tkazishi, nurga bardoshliligi, atmosfera muhitiga chidamliligi u asosida
organiq shisha mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Organiq
shisha ultrabinafsha nurlarni 73,5% o‘tkazadi, xolbuki oddiy silikatli oyna
0,6%, silikatli ko‘zgu oynasi 3%, kvars shishasi esa 100% shunday nurlarni
o‘tkazadi. Organiq shisha kasalxona, vitrina, issiqxona, sanoat binolari tabiiy
yoritish moslamalari, bezak to‘siqlari oynalari tayyorlashda ishlatiladi. U oson
kesiladi, jilolanadi. Texnik organiq shishaning siqilishdagi mustahkamligi 120-
140 MPa, zarbiy qovushoqligi 60-183
0
S haroratda kamaymaydi.
Organiq shishaning issiqqa bardoshliligi kam (80
0
S), edirilishga
bardoshliligi etarli emas; kislota va ishqor eritmalariga chidamsiz, atseton va
shu kabi organiq erituvchilarda oson eriydi, yonuvchan mahsulot.
Polivinilatsetat (PVA) vinilatsetatni polimerizatsion usulda sintez qilib
olinadi. Vinilatsetat sirka kislotasi murakkab efiri va vinil spirti asosida
tayyorlanadi.
Polivinilatsetat smolalari rangsiz, qovushoq, nurga bardoshli, suv bilan
istalgan nisbatda aralashadi, yog‘och, qog‘oz, suvalgan yuzalar va sh.k. larga
yaxshi yopishadi. Ular asosida emulsion bo‘yoqlar, elimlar, mastikalar olinadi,
suvli dispersiyasidan choksiz pollar, polimersement qorishma va betonlar
tayyorlanadi. Polivinilatsetat dispersiyasi qo‘shilgan mineral bog‘lovchilar
asosidagi kompozitsion materiallar suv o‘tkazmasligi Yuqori, kimyoviy
muhitlarga chidamli bo‘ladi.
Poliizobutilen [-SN
2
-S(SN
3
)
2
-]
n
izobutilenni
SN S(SN
3
)
2
polimerizatsiyalab olinadi. Izobutilen neft mahsulotlarini organiq sintez qilib
tayyorlanadi. Poliizobutilen kauchuksimon elastik, polietilen kabi yengil
material, nisbiy uzayishi 1000-2000%. U suvga, kislota va ishqorlar muhitiga
bardoshli, sovuqqa Yuqori chidamli.
Poliizobutilen tarkibiga qurum, grafit, talk va boshqa o‘ta mayda kukunlar
kiritilib germetiklar tayyorlanadi. Undan elimli lentalar, linoleumni
yopishtirish uchun elimlar, gidroizolyasiya materiallari olinadi.