”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Plastmassalarning asosiy xossalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Plastmassalarning asosiy xossalari 
 
Plastmassalar qurilish materiallari ichida konstruktiv sifat ko‘rsatkichi 
Yuqori, ya’ni xususiy massasi kam, mustahkamligi esa Yuqori material 
hisoblanadi. Ular alyuminiydan 2 marta, po‘latdan 5-6 marta yengil. 
Plastmassalarning zichligi 0,8-1,8 gsm
3
, o‘rtacha zichligi esa 20 dan 2200 
kgm

gacha o‘zgaradi.
Plastmassalar mustahkamligi keng chegaralarda o‘zgaradi. Kukun va 
tolasimon to‘ldirgichli plasmassalarning siqilishdagi mustahkamligi 120160 
MPa, yog‘och shponli plastiklarniki 200-220 MPa, SVAM niki (shisha tolali 
anizotrop material) esa 420 MPa. Poroforli plastmassalarning siqilishdagi 
mustahkamligi odatda 0,1-10 MPa atrofida bo‘ladi.
Tolasimon va qatlamli to‘ldirgichli plastmassalarning uzilishdagi 
mustahkamlik chegarasi Yuqori bo‘ladi. Masalan, tekstolitniki 150 MPa, 
yog‘och shponli plastmassalarniki 350 MPa.
Plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanligi uning g‘ovakligiga bog‘liq 
bo‘ladi. O‘ta yengil plastmassalarning issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03 
Vt(m
.0
S).
Plastmassa turiga qarab ishqor, kislota, tuz eritmalari va boshqa agressiv 
muhitlarga chidamli bo‘ladi. Yuqori zichlikdagi va mustahkamlikdagi 
plastmassalar edirilishda va zarbga bardoshlidir.
Plastmassalar tarkibiga bo‘yoqlar qo‘shilib turli rangli mahsulotlar olish 
mumkin.
Organiq shisha (polimetilmetakrilatlar) shaffof bo‘lib, 1% dan kam 
ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi, oddiy oyna esa 70% dan ko‘p nurni o‘tkazadi.
Plastmassalarni arralash, teshish, frezerlash, randalash, charxlash va 
boshqa texnologik ishlov berish oson. Plastmassa buyumlarni o‘zaro va boshqa 
materiallar (metall, yog‘och, mato va sh.k.) bilan yelimlash mumkin. Bu 
imkoniyatdan foydalanib turli xususiyatlarni o‘ziga mujassam qilgan 
elimlangan qurilish buyumlari, konstruksiyalari va qismlari tayyorlanadi.


Plastmassa buyumlarni payvandlash osonligi ular asosida mustahkam 
yig‘ma konstruksiyalar tayyorlash imkonini beradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usulida truboprovodlar, korroziya 
muhitidan himoyalovchi gidroizolyasiya qatlamlari hosil qilish va boshqa 
ishlarni amalga oshirish mumkin.
Ba’zi plastmassalarning (polimerlar) yoriqlarisiz o‘ta yupqa pardalar hosil 
qilish imkoniyati ular asosida korroziyaga bardoshli va pardozlash bo‘yoqlari 
va loklari tayyorlashga zamin yaratadi.
Plastmassalar va boshqa kompozitsion polimer materiallar o‘ziga xos 
kamchiliklarga ega. Plastmassalarning issiqqa bardoshliligi Yuqori bo‘lmay, 
70
0
S dan 200
0
S gacha bo‘ladi.
Issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti Yuqoriligi plastmassalarning 
asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. Odatda 25-120
.
10
-6
atrofida bo‘lib, 
po‘latning ushbu ko‘rsatkichidan 2,5-10 marta ko‘pdir. Plastmassalarning bu 
kamchiligini boshqa materiallar bilan kombinatsiyalashgan buyum va 
konstruksiyalar olishda, antikorrozion qoplamalar hosil qilishda, katta 
o‘lchamdagi konstruksiyalarni yig‘ishda (masalan, truboprovodlar, havoyi 
konstruksiyalar) hisobga olish zarur. Plastmassalarning bu kamchiligini 
tarkibiga imkon qadar to‘ldirgichlar kiritish usuli bilan bartaraf etish mumkin.
Plastmassalarning kamchiliklaridan biri yuklama ta’sirida vaqt davomida 
deformatsiyaning ortib borishidir (polzuchest). Bu kamchilik plastmassalar 
asosida yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan konstruksiyalar tayyorlashda hisobga 
olinishi kerak.
Ba’zi plastmassalar Yuqori harorat ta’sirida va yonganda zararli gazlarni 
ajratib chiqaradi va atrof-muhit yoki xonalarda toksinlashgan sharoitni hosil 
qiladi. Polivinilxlorid singari termoplastik polimerlar xona harorati va namligi 
sharoitida ham inson uchun zararli xlor moddasini ajratadi. Plastmassalardan 
zararli gaz va suyuqliklar ajrlishini bartaraf etish uchun tarkibiga stabilizatorlar 
qo‘shiladi.
Plastmassalarning umumiy kamchiligiga quyosh nuri va kislorod ta’sirida 
eskirishi kiradi.
Plastmassalardan tayyorlangan buyum va konstruksiyalarning asosiy 
xossalari va muayyan muhitlarga bardoshliligi ularning ishlatilish sohalarini 
belgilaydi.
Plastmassalarning xossalarini tarkibiga turli modifikatorlar kiritib 
o‘zgartirish, yaxshilash va boshqarish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin