”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Chiziqli polimerlar
makromolekulalarning uzun ipsimon kuchsiz 
bog‘lanishi shaklida bo‘ladi. Polimer tarkibida atomlar polyar guruhlarining 
bo‘lishi zanjirlar orasidagi bog‘lanishni kuchaytiradi.
Havoyi polimerlarda
zanjirlar orasidagi mustahkamlik kimyoviy 
bog‘lanish yaxlit havoyi karkas hosil qiladi. Mukammal bog‘lanish yuz 
berganda polimer qattiq elastik jism holatiga o‘tadi.
Chiziqli polimerlar qizdirilganda yumshaydi va qovushoq-elastik holatda 
bo‘ladi. Bunda molekulalararo kuchlar va zanjirlar o‘rtasidagi harorat ta’sirida 
kuchsizlanadi.
Termoplastik polimerlar asosiy xossalarini saqlab qolgan holda 
qizdirilganda yumshaydi va sovutilganda qattiq (qovushoq-elastik) holatga 
o‘tadi.


Termoreaktiv polimerlar (reaktoplastlar) qotirilgach qizdirilganda 
qaytadan plastik holatga o‘tmaydi. Harorat oshirilsa termoreaktiv polimerlar 
strukturasi buziladi va yonib ketishi mumkin.
Polimerizatsion polimerlar 
 
Polietilen
(-SN-SN-)n etilenni polimerizatsiyalash usulida olinadi. 
Polietilen oq rangli qattiq shoxsimon mahsulot bo‘lib, o‘lchami 3-5 mm li 
granula ko‘rinishida yoki kukun holida ishlab chiqariladi.
Polietilenning xossalari molekulyar massasiga zanjirning tarmoqlanishiga 
va kristallanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Uning zichligi 0,92-0,97 
gsm
3
,cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 12-32 MPa, suv shimuvchanligi 
0,03-0,04%. Polietilen turli agressiv muhitlarga bardoshli va sovuqqa chidamli. 
Polietilenning elastiklik moduli 150-800 MPa, issiqqa bardoshliligi 108-130
0
S, 
issiqdan chiziqli kengayish koeffitsenti Yuqori, qattiqligi esa kam bo‘ladi. 
Polietilen qurilish tizimida gidroizolyasiya o‘rama materiali, turli diametrdagi 
suvsozlik va oqava suvlarni oqizishga mo‘ljallangan quvurlar, vaqtinchalik 
yopma mahsulot va sanitariya-texnika qismlari sifatida ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin