”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.
Polimer bog‘lovchi moddalar 
Polimerlar klassifikatsiyasi va tuzilishi 
 
Polimer moddalar tarkibi, sintez usuli va ichki tuzilishiga ko‘ra 
klassifikatsiyalanadi.
Polimerlar makromolekulasining asosiy zanjiri tarkibiga nisbatan uchta 
guruhga bo‘linadi: karbonzanjirli polimerlar, ya’ni molekulyar zanjiri faqat 
ugleroddan iborat (polietilen, polipropilen):
| | | |
-S-S-S-S-


| | | |
Geterozanjirli polimerlar, ya’ni molekulyar zanjir tarkibiga uglerod 
atomidan tashqari kislorod, oltingugurt, azot, fosfor (epoksid, poliefirlar, 
poliuretan va sh.k.) atomlari kiradi:
| | | |
-S-O-O-S-
| | | |
Elementorganiq polimerlar, ya’ni asosiy molekulyar zanjiri kremniy, 
alyuminiy, titan va boshqa ba’zi bir elementlardan iborat bo‘ladi.
Kremniyorganiq polimerlar shunday tarkibga ega:
R R R
| | |
-Si-O-Si-O-Si-
| | |
H H H
Polimerlar olinishi usuliga ko‘ra polimerizatsion (A) va polikondensatsion 
(B) turlariga bo‘linadi:
Polimerizatsion polimerlar 
monomerlarning ko‘p miqdordagi bir xil 
molekulalari qo‘shimcha mahsulot hosil qilmasdan molekulyar zanjirga 
birikadi. Bu usulda polietilen, polipropilen, poliizobutilen, polivinilxlorid, 
polistirol, polimetilmetakrilat va sh.k. polimerlar olinadi.
Polimerizatsiya jarayonida atom va atom guruhlarining o‘rni 
o‘zgarmasligi tufayli polimer va monomerning kimyoviy tarkibi bir xil bo‘ladi.
Polikondensatsion polimerlar
bir nechta oddiy birikmalardan tarkibi 
avvalgi 
mahsulot 
tarkibidan 
farqlanadigan 
polimer 
hosil 
qiladi. 
Polikondensatsiyalanish jarayonida qo‘shimcha moddalar (suv, ammiak, 
vodorod, xlorid va boshqalar) ajralib chiqadi, funksional guruhlar o‘rtasida 
kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘lgani uchun polimer va monomer tarkibi bir xil 
bo‘lmaydi. Bu usulda fenolformaldegid, karbamidformaldegid, poliamid, 
epoksid, poliefir, furan va boshqa polimerlar olinadi.
Polimerlar ichki tuzilishi jihatidan chiziqli va havoyi (ko‘ndalang va 
to‘rsimon) turlarga bo‘linadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin