”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
Nazorat uchun savollar 
1.Tabiiy va neft bitumlari to‘g‘risida aytib bering.
2.
Asfaltbeton va asfalt qorishmalari nima?
3.
Bitum asosidagi o‘rama materiallar haqida gapirib bering.
4.
Ruberoid va tol haqida ma’lumot bering.
5.
Asossiz o‘rama materiallar to‘g‘risida aytib bering.
6.
Bitum va qatron mastikalari haqida gapirib bering.
7.
Bitum va qatron emulsiyalari va pastalari to‘g‘risida aytib bering.
13-MAVZU:QURILISH KOMPOZITSION POLIMER
MATERIALLAR 
(QKPM) 
.ULARNING 
TURLARI.KO’PIK 
POLITELIN,POLIPROFILEN KAUCHUK
 
Reja:
1.
Polimer materiallar tayyorlash texnologiyasi asoslari.


2.
Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari.
 
1.
Polimer materiallar tayyorlash texnologiyasi asoslari 
 
Kompozitsion polimer materiallar (KPM) tayyorlash texnologiyasi 
ularning tarkibi, bog‘lovchining turi va ishlatish sohasi bilan belgilanadi. 
Polimer materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy 
jarayonlardan iborat: komponentlarni tayyorlash va dozirovkalash, polimer 
kompozitsiyasini qorishtirish, issiqlik bilan yoki kimyoviy (radiatsion usulda 
ham) usulda qotirish va omborxonalarga joylashtirish. Polimer buyumlarga 
ishlov berishning quyidagi asosiy usullari mavjud: valsovkalash, kalandrlash, 
ekstruziya, presslash, quyish, surkash, shimdirish, sepish, payvandlash, 
elimlash va boshqalar.
Polimer materiallar va buyumlar olish texnologiyasi nozik hisoblanib
jarayonlarning borishi o‘ta aniqlikda bo‘lishi talab etiladi. Komponentlarni 
dozirovkalash, boshqa turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga 
nisbatan, 10-100 marta aniqlikni talab etadi. Bunda ayniqsa qotiruvchi
stabilizator, plastifikatsiyalovchi va shu kabi oz miqdorda qo‘shiladigan 
komponentlarni dozirovkalash o‘ta nozik operatsiyalar hisoblanadi.
Polimer kompozitsiyalarni tayyorlash ma’sul operatsiya bo‘lib, 
olinayotgan mahsulot tarkibining bir xilligi va xossalariga katta ta’sir 
ko‘rsatadi.
Qorgichlar konstruksiyasi
va
ishlash
xarakteri
qoriladigan 
kompozitsiyaning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot 
turiga qarab uzluksiz va davriy tartibda ishlaydigan qorgichlar ishlatilishi 
mumkin. Odatda qorgich va boshqa texnologik uskunalar kislotalar va 
ishqorlar ta’siriga bardoshli metall qotishmalaridan yasaladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin