mahsulotlari tayyorlanadi. Ular yog‘och-
payraxali plitalar, qog‘oz qatlamali
plastiklar, shishaplastiklar, mineral
paxta yarim bikr plitalari, suvga chidamli
fanera va opalubkalar, elimlar, bakelit loklari hamda polimer mastikalar,
qorishmalar va betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Qattiq
rezolli polimerlar asosida press-kukunlar va faolit, ular zaminida esa quvurlar,
listlar, plitkalar, elektrotexnika buyumlari olinadi.
Fenol-
aldegidli polimerlar olish xom ashyo bazasi katta va nisbatan
arzon, texnologik ishlov berish oson bo‘lgani uchun maxsus qurilish
materiallari ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi.
Karbamidli polimerlar
karbamid (mochevina) va formaldegidni organiq
sintez qilib olinadi. Karbamidli polimerlar oqish-rangsiz,
qovushoq-oquvchan
suyuqlik bo‘lib, pigmentlar qo‘shib istalgan rangga kiritish mumkin. U suvda
istalgan nisbatda mineral kukun, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan yaxshi
aralashadi. Organiq to‘ldirgichlar (qipiq, payraxa, qog‘oz maydasi va sh.k.) va
yog‘ochga katta kuch bilan yopishadi: nisbatan arzon va xom ashyo zaxiralari
behisob sanaladi.
Karbamid polimeri kuchsiz kislotalar, tuz eritmalari ta’sirida qotadi.
Mo‘rtligini kamaytirish uchun tarkibiga plastifikatorlar qo‘shiladi.
Karbamid polimeri asosida yog‘och va qog‘oz
materiallarni biriktirish
uchun elimlar, mastikalar, pastalar, qorishmalar va betonlar tayyorlanadi.
Yog‘och tolali plitalar, yog‘och payraxali plitalar, elimlangan konstruksiyalar
olishda bog‘lovchi sifatida ishlatiladi. Karbamid smolasi tarkibiga gaz hosil
qiluvchi komponentlar kiritilib yacheykali plastiklar, ko‘pqatlamli
va tolali
plastiklar tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: