Polivinilxlorid (PVX) vinilxloridni polimerizatsiyalab olinadi. Monomer
(SN
2
SN sl) normal sharoitda efir hidli rangsiz gaz holatida bo‘ladi.
Polivinilxlorid Yuqori fizik-mexanik xossalarga ega, suvga va agressiv
muhitlarga chidamli.
Polivinilxloriddan bir va ko‘p qatlamli, asosli va asossiz (matoli va
issiqlik izolyasiyasi) linoleumlar tayyorlanadi. U asosida gidroizolyasion va
bezak mahsulotlari olinadi. Polivinilxlorid kislotalar, ishqorlar, benzin, spirt,
moylarga bardoshli bo‘lgani sababli turli diametrdagi suvsozlik, kanalizatsion
va texnologik quvurlar, buyum va qismlar tayyorlanadi.
Polivinilxlorid asosida plintuslar, tutqichlar, sanitariya-texnika predmetlari
va issiqlik izolyasiyasi materiallari tayyorlanadi.
Yuqori harorat ta’sirida mustahkamligining keskin pasayishi, uzoq
muddat kuch ta’sirida deformatsiyalanishi va xususiy hollarda xlor birikmalari
ajrab chiqishi polivinilxloridning kamchiliklaridan hisoblanadi. Tarkibidan
xlor birikmalari ajralib chiqishini bartaraf etish maqsadida polivinilxloridga
ularni bog‘laydigan stabilizatorlar qo‘shiladi.
Polistirol stirol monomerini (S
5
N
5
.
SN SN
2
) polimerizatsiyalash usulida
olinadi. Polistirol xidsiz, fiziologik ziyonsiz, oddiy haroratda qattiq, shaffof
material bo‘lib, 90% nurni o‘tkazadi. Polistirol granula (6-10mm), mayda va
yirik kukun hamda biser (0,2% namlikda) ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
Polistirolning cho‘zilishdagi mustahkamligi 35-60 MPa, siqilishdagi
mustahkamligi 80-110 MPa. U suv muhitiga, konsentrlangan kislotalarga (azot
va sirka kislotasidan tashqari), ishqor eritmalariga (40% konsentratsiyagacha)
bardoshlidir. Polistirolning kamchiliklariga issiqqa bardoshliligining Yuqori
emasligi, mo‘rtligi va yonuvchanligi kiradi. U asosida qoplama plitalar,
qorishmalar, mastikalar, issiqlik izolyasiyasi materiallari olinadi, beton va
boshqa g‘ovak buyumlarni modifikatsiyalashda (qisman yoki to‘la
shimdirishda) ishlatiladi.