Press-qoliplarda gigiena talablariga javob beradigan
polimerlar asosida
(poliefirlar, epoksid smolasi va sh.k.) sanitariya-texnika buyumlari, rom va
eshik qismlari, qurilish mashina va mexanizmlari
qismlari va boshqalar
qoliplanadi.
Quyma usulda
termoplastik va termoreaktiv polimerlar asosida
kompozitsion polimer qurilish materiallari tayyorlanadi. Quyma usulning ikki
ko‘rinishi mavjud: oddiy qoliplash va bosim ostida qoliplash. Oddiy usulda
polimer kompozitsiyasi isitilgan yoki sovuq holatda
qoliplarga quyiladi va
mahsulot polimerizatsiya yoki polikondensatsiya jarayonlari natijasida qotadi.
Oddiy quyma usulda buyum turli vositalar bilan tekislanishi va zichlashtirilishi
mumkin.
Bu usulda buyum ichida havo bo‘shliqlari qolishi ehtimoli hisobiga
mahsulot o‘ta Yuqori zichlikka ega bo‘lmaydi. Oddiy usulda reaktoplastlar
asosida
polimerbeton
va
polimer
qorishma
plitalari,
panellar
va
konstruksiyalar, organiq shishadan turli buyumlar va boshqa dekorativ
mahsulotlar tayyorlanadi.
Bosim ostida quyish usulida asosan termoplastik polimerlardan buyumlar
olinadi. Bu usulda polimer qovushoq-oqma holatgacha
quyish mashinasining
qizdiriladigan silindrida qizdiriladi va plunjer ochilib massa qolipga bosim
ostida xaydaladi. Eritma 20 MPa gacha bosim ostida qoliplanishi mumkin.
Qoliplarni tez bo‘shatish maqsadida ular sovuq suv bilan sovitiladi (26.5-
rasm). Bu usulda polietilen, polipropilen, polistirol
va shu kabi termoplastik
polimerlar asosida buyumlar tayyorlanadi.
Bosim ostida quyilganda buyum ichki nuqsonlarsiz bo‘ladi, zichligi va
mustahkamligi ortadi; texnologik jarayonni to‘la mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: