”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Polimer qoplamali betonlar.
Beton va temirbeton konstruksiyalarni 
agressiv muhit ta’siridan saqlash uchun yuzasi polimer kompozitsiyalar bilan 


qoplanadi. Polimer bog‘lovchi sifatida termoplastik va termoreaktiv smolalar 
ishlatiladi.
Polimer qoplamalar lok-bo‘yoq, pasta, mastika, qorishma, plenka va plita 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Himoyalovchi qoplamalar beton yuzasiga yaxshi 
yopishishi, mustahkam va elastik bo‘lishi, agressiv muhitlarga bardoshli 
bo‘lishi, suv o‘tkazmasligi kerak.
Polimer himoyalovchi qoplamalar ko‘pincha epoksid, poliefir, 
fenolformaldegid (gruntovka bilan) va sh.k. smolalar asosida tayyorlanadi. 
Beton yuzalarini biologik aktiv muhitlardan himoyalash maqsadida 
karbamidformaldegid, atseton-formaldegid singari polimerlar asosidagi 
lokbo‘yoqlar va kompozitsiyalar ishlatilishi mumkin.
Polimer to‘ldirgichli betonlar (fibrobeton) 
betonga 
muayyan 
uzunlikdagi (1000 mm gacha) polimer tolalar (polipropilen, poliizobutilen va 
sh.k.) 
kiritib 
xossalari 
yaxshilanadi. 
Bunda 
betonning 
egilishdagi, 
cho‘zilishdagi mustahkamligi ortadi, deformativligi kamayadi, dinamik 
kuchlanishlarga va yoriqlar hosil bo‘lishga bardoshliligi ortadi. Bu polimer 
tolasimon to‘ldirgichlar sement toshi bilan adgeziyasi yaxshi bo‘lmagani 
sababli strukturada mexanik bog‘langan holatda bo‘ladi.
Bunday betonlar svay poydevorlari konstruksiyalari, yo‘l qoplamalari 
tayyorlashda ishlatiladi.
Yog‘ochni modifikatsiyalash. 
Yumshoq yog‘ochlarni (qarag‘ay, oq 
qayin, terak, osina, olxa va boshq.) polimerlarda shimdirib fizik-mexanik va 
ekspluatatsiya xossalarini keskin yaxshilash mumkin. Yog‘ochni shimdirish 
uchun 
fenol-formaldegid, 
karbamid-formaldegid, 
furan, 
poliefir, 
kremniyorganiq va sh.k. polimerlar va metilmetakrilat, stirol kabi monomerlar, 
polimer emulsiyalar va latekslar ishlatiladi. Yog‘ochni shimdirish ikkita asosiy 
jarayonlardan iborat: yog‘ochni polimerda (oligomerda, monomerda) 
shimdirish va ularni qotirish. Buning uchun yog‘och avval tozalangan
quritilgan bo‘lishi kerak.
Yog‘och metilmetakrilat (stirol)monomerida shimdirilsa, tolalari bo‘ylab 
siqilishidagi mustahkamligi 2-3 marta, tolalariga ko‘ndalang yo‘nalishda 4-6 
marta ortadi. Bunda ediriluvchanligi 2 marta kamayadi. YOg‘och furan 
polimerlari bilan shimdirilganda mustahkamligi 1,5-2 marta, qattiqligi 2 marta 
ortadi, agressiv muhitlarga bardoshli bo‘ladi. Polimerlarda shimdirilgan 
yog‘och biologik muhitlarga chidamli va qiyin yonadigan bo‘ladi.
Yumshoq 
yog‘ochlarni polimerlarda shimdirib qattiq yog‘och 
materiallardan tayyorlanishi lozim bo‘lgan parket (dub, yasen, buk singari), 
plintus, galtel, eshik va rom qismlari olish mumkin.
Modifikatsiyalangan yog‘och asosida nam va agressiv muhitlarda 
ishlaydigan yig‘ma yog‘och konstruksiyalar, buyumlar va qismlar tayyorlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin