”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Bitumlarni modifikatsiyalash.
Bitum asosidagi kompozitsion qurilish 
materiallarning xossalarini yaxshilash uchun ularni turli polimerlar bilan 
modifikatsiyalash kerak. Bunda bitum matritsa vazifasini, polimer esa dispers 
faza vazifasini o‘taydi. Polimer bitum tarkibiga oz miqdorda (2-4%, hajm 


bo‘yicha) kiritilsa, dispers mustahkamlangan kompozitsiya, ko‘p miqdorda 
qo‘shilsa, kompozitsiyani tolali va smolasimon tizim deb qarash mumkin.
Modifikatsiyalangan bitum kompozitsiyalari Yuqori mustahkamlik, 
elastiklik, yoriqlar hosil bo‘lishiga bardoshlilik, kimyoviy muhitlarga 
chidamlilik xossalariga ega bo‘ladi. Bitumlar butilkauchuk, polietilen, 
polipropilen, termoreaktiv polimerlar va sh.k. bilan modifikatsiyalanadi.
Polimerbitumli bog‘lovchilar mastikalar, germetiklar, tombop va 
gidroizolyasiya asosli va asosli o‘rama materiallar, asfaltpolimerli betonlar 
ishlab chiqarishda ishlatiladi.
 Polimer buyumlarning turlari 
Konstruksion va to‘siq materiallari 
 
Konstruksion material sifatida dispers tolasimon armaturalar bilan 
kuchaytirilgan shishaplastiklar, yog‘ochqatlamli plastiklar, sotoplastlar, 
organiq shisha, viniplast listlar, polimer qorishmalar, polimerbetonlar va 
boshqalar ishlatiladi.
Shishaplastiklar 
kompozitsion listli material bo‘lib, shisha tolali 
to‘ldirgich va polimer bog‘lovchilar asosida olinadi. Listli asos sifatida shisha 
tolali to‘qima va noto‘qima matolar ishlatilishi mumkin. Shishaplastiklar 
olishda bog‘lovchi sifatida fenol-formaldegid, poliefir va epoksid polimerlari 
ishlatiladi.
Shishaplastiklar shisha tolali to‘ldirgichning turi va joylashishiga nisbatan 
uchta asosiy guruhga bo‘linadi: shisha tolali anizatrop material (SVAM), 
qirqilgan tola asosida olingan shisha plastik va shisha mato asosida 
tayyorlanadigan shishaplastik (shisha tekstolit).
Shisha tolali anizatrop material (SVAM) shisha shpon listlar paketini issiq 
holda presslab tayyorlanadi. SHisha shpon-bir tomongan yo‘naltirilgan shisha 
iplarni epoksid-fenol polimerlari asosida kompozitsiyalar bilan elimlab 
yopishtirilgan yupqa matodir. SVAM odatda uzunligi 1000 mm gacha, eni 500 
mm gacha va qalinligi 1-30 mm bo‘ladi.
Uning zichligi 1,8-2 gsm
3
, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 1000 
MPa gacha bo‘lishi mumkin. SVAM kimyoviy va biologik aktiv muhitlarga 
bardoshli materialdir. SVAM shishaplastik materiallar osma panellar, fazoviy 
yopma konstruksiyalar, quvurlar, yirik hajmdagi idishlar tayyorlashda 
ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin