”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Qoplama polistirol plitkalar
kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi 
yassi va orqa tomoni taram-taram bo‘lgan yupqa materialdir. Kompozitsiya 
tarkibida polistirol bog‘lovchidan tashqari kukun to‘ldirgich (talk, kaolin va 
boshq.), pigment va zarurat bo‘lsa, modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar bo‘ladi. 
Plitkalar to‘la avtomatlashtirilgan mashinalarda quyma usulda tayyorlanadi. 
Plitka qalinligi 1,25-1,5 mm, 1 m
3
plitka massasi 1,5-1,7 kg. Asosga plitkalar 
polimerli yoki kauchukli mastikalar bilan elimlanadi.
Plitkalar gigiena talablariga javob beradi, suvga va kimyoviy muhitlarga 
chidamli,turli ranglarda bo‘ladi. Ular sanitariya xonalari, savdo-sotiq binolari 
va sh.k.larning devorlarini qoplashda ishlatiladi. Plitkalarning asosiy 
kamchiligi yonuvchanligi bo‘lib, olov markaziga yaqin joylarda ishlatishga 
ruxsat berilmaydi.
Organiq shisha
(polimetilmetakrilat) shaffof, mustahkam, yorug‘likka 
chidamli yengil konstruksion polimer material.
Organiq shisha uzunligi 1350 mm gacha, eni 1250 mm gacha va qalinligi 
22,3 mm listlar sifatida ishlab chiqariladi. U shaffof to‘siqlar, pardevorlar, 
jamoat va sanoat binolarining ustki yorug‘lik fonarlari qurilishida ishlatiladi.
Polimerbetonlar
kompozitsion material bo‘lib, polimer bog‘lovchi, 
kukun, mayda va yirik to‘ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar 
aralashmasi qotishidan hosil bo‘ladi.
Bog‘lovchi sifati asosan termoreaktiv polimerlar- fenolformaldegidlar, 
epoksidlar, 
poliefirlar, 
furanlar, 
karbamidformaldegidlar 
ishlatiladi. 
Termoplastlardan 
metilmetakrilatlar, 
stirol 
polimeri 
va 
boshqalar 


polimerbetonlar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. To‘ldirgichlar 
polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton 
kislotali muhitda ishlatilishi mo‘ljallangan bo‘lsa kislotaga chidamli 
to‘ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq toshi, kislotaga 
chidamli g‘ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda 
qotadigan atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, 
dolomit va boshqa ishqoriy toshlar asosida olingan to‘ldirgichlarni kiritish 
mumkin. Polimerbetonlar optimal strukturasi hosil bo‘lishida kukun 
to‘ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun to‘ldirgich 
sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar, 
fosfogips va boshqalar ishlatiladi.
Fenol-formaldegid, 
karbamid-formaldegid 
smolalari 
asosidagi 
polimerbetonlar tannarxi arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali 
qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi.
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa 
polimerlar bilan aralashmalari Yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli 
polimerbetonlar olishda bog‘lovchilar sifatida ishlatiladi. Furanli polimerlar 
benzolsulfokislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida qotadi.
Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar Yuqori mustahkamlik, 
kimyoviy muhitlarga universal chidamlilik xususiyatlariga ega.
Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‘lib, ko‘plab o‘tkazilgan 
tajribalar asosida keltirib chiqarilgan emperik formulalar yordamida amalga 
oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‘lovchi sarfi 100-240 kg m
3
atrofida bo‘lib, 
polimer-kukun to‘ldirgich nisbati 1:2-1:4 orasida bo‘ladi. Polimerbeton 
qotishini tezlashtirish uchun 40-90
0
S haroratda 6-24 soat davomida ishlov 
berish maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz kislotalar 
va nordon tuzlar ta’sirida tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi 
polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin.
Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130
MPa, cho‘zilishdagi mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 
1542 MPa bo‘ladi. Ularning sovuqqa chidamliligi /200-/500 va undan ko‘p 
bo‘lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-200
0
S.
Polimerbetonlarning 
mo‘rtligini 
yanada 
kamaytirish 
uchun 
plastifikatorlar, qotayotganda ichki zo‘riqishini pasaytirish maqsadida galogen 
va sulfat tuzlari kiritish mumkin. Polimerbetonlarning cho‘zilishdagi 
mustahkamligini oshirish uchun, yoriqlar hosil bo‘lishigi bardoshli bo‘lishi 
uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar 
kiritiladi.
Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta’sirida vaqt bo‘yicha 
deformatsiyalanish ko‘rsatkichining Yuqoriligi, issiqlik va namlikning 
almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi kiradi.
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p jihatlari bilan 
(komponentlarni o‘ta aniq dozirovkalash, ularni aralashtirish va sh.k.) kimyo 
texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va 
boshqa modifikatorlar maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, qorishma 


tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va 
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi 
kuchli shamollatish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi, ishchilar shaxsiy 
himoya vositalari (ko‘zoynak, maxsus kiyim, rezinali qo‘lqop, respirator va 
h.k.) bilan ta’minlanishi zarur.
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli 
beton, asfaltbeton va boshq.) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. 
Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) 
bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, fenol-
formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladigan 
korxonalarda, epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli 
muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va qismlari tayyorlashda ishlatiladi.
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) 
chidamli bo‘lgani uchun biotexnologiya korxonalari, meva-sabzavotlar 
saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin