”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Polimer pardozlash-bezak materiallari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2. Polimer pardozlash-bezak materiallari 
Pardozlash bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni 
ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyasiyasi 
buyumlari kiradi. Bundan tashqari ko‘pchilik to‘suvchi polimer materiallarni 
ham pardozlash-bezak ishlarida foydalanish mumkin. Pardozlash list 
materiallariga qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar, “poliform”, “polidekor” 
manzarali panellar va boshqalar kiradi.
Qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar
avvaldan fenol-formaldegid, 
karbamid-formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog‘ozni issiq holatda 
presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, 
qalinligi 1-5 mm o‘lchamlarda list ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning 
ustki qatlami turli rangda, gulli, bo‘rtma gulli, relefli tipografiya usulida 
tayyorlangan qog‘ozdan yasaladi. Odatda rasm yog‘och (dub, yong‘oq, yasen, 
buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) 
ko‘rinishini ifodalaydi. Bundan tashqari abstrakt rasmlar ham tushirilgan 
bo‘lishi mumkin.
Qalinligi 1,6 mm bo‘lgan plastiklar bitum-rezinali, epoksidli, rezorsin-
formaldegidli elimlar va mastikalar yordamida maxkamlanadi. Bundan qalin 
plastiklar asosga mexanik usulda (mix, shurup vositasida) mahkamlanadi.
Qog‘oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining 
ichini pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi.
Bezak polistirol plitkalari (“poliform”)
zarbga chidamli polistirol 
polimeriga ko‘pirtiruvchi qo‘shimcha aralashtirib tayyorlanadi. “Poliform” 
plitkalarini quyish mashinalari bo‘rtma o‘ng yuza hosil bo‘lishini 
ta’minlaydigan qoliplar bilan jihozlangan. Plitkalar o‘lchami 500x500x8-
10mm (11.7-rasm). Plitkalarning perimetri bo‘ylab mix va shuruplar o‘tkazish 
uchun teshiklar qoldirilgan. “Poliform” plitkalari (panellari) bilan madaniy, 
maishiy va ma’muriy binolarning devorlari, shiplari, interer elementlari
suriladigan pardevorlar pardozlanadi.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin