”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Gliftal (alkid) linoleum
matoli asosda uzunligi kamida 20m, eni 1,8-2,0 
m va qalinligi 2,5-5 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Gliftal linoleumlar 
rangli yoki bosma rasmli bo‘ladi. Ular asosan yordamchi binolarda pollar 
barpo etish uchun ishlatiladi.
Kolloksilin (nitrotsellyuloza) linoleumi asossiz holda, uzunligi 20 m, eni 
1-1,6 m va qalinligi 2-4 mm o‘lchamlarda chiqariladi. Ular qizil va jigar 
rangida bo‘ladi.
Kolloksilin linoleumi nurga, namga, sovuqqa chidamli, elastikligi va 
egiluvchanligi Yuqori, edirilishga bardoshli bo‘ladi, ekpluatatsiya jarayonida 
zararli birikmalarni ajratib chiqarmaydi. Ular yonuvchan bo‘lgani uchun 
bog‘cha, maktab, teatr kabi binolarda ishlatilmaydi.
Rezinali linoleum (relin)
ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, pastki 
qatlami avval ishlatilgan rezina kukuni va neft bitumi, asbest va ip-gazlama 
dispers armaturalardan ozgina miqdorda qo‘shilgan, vulkanizatsiyalangan 
aralashmasi qotishmasidan iborat. Relinning yupqa (11,5 mm) va mustahkam 
ustki qismi sintetik kauchuk asosida kukun to‘ldirgich qo‘shib tayyorlangan 
rangli rezinadan tashkil topgan.
Relin uzunligi kamida 12 m, eni 1-1,6 m va qalinligi 3 va 5 mm o‘rama 
holda chiqariladi. Relin issiqlik va tovush izolyasiyasi xususiyatga ega bo‘lishi 
uchun qalinligi 4-6 mm li yacheykali g‘ovak asosda tayyorlanadi. Relin rangli, 
marmarsimon suratli holda bo‘ladi. U suv, kislotali va ishqorli qorishmalar 
ta’siriga chidamli, elektr toki zaryadlarini to‘plamaydi va uchqunlanmaydi.
Relin asosida jamoat va sanoat binolari, yordamchi xonalar va boshqa 
agressiv muhit ta’sirida bo‘ladigan xonalarning pollarini qoplashda ishlatiladi.
Tukli sintetik gilam
ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, ustki qatlami 
esa ko‘pirtirilgan issiqlik izolyasiyasi tabiiy va sintetik polimerlar (poliuretan) 
va latekslardan iborat bo‘ladi. Gilam qoplamaning umumiy qalinligi 8 mm 
bo‘lsa, kapron tukning balandligi 3 mm, ko‘pirtirilgan asos balandligi 5-6mm.
Gilam uzunligi 12m gacha, eni 1-4 m gacha va qalinligi 8 mm bo‘lgan 
holda tayyorlanadi. Gilam rangi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tukli sintetik gilam issiqlik izolyasiyasi va tovush yutuvchi, eyilishga 
bardoshli, mustahkam, namlab tozalash mumkin bo‘lgan materialdir. Asosiy 
xususiyatlardan biri olov ta’sirida yonmasdan, faqat eriydi.
Sintetik gilam xonaga quruqlayin to‘shaladi va har tomonidan maxsus 
profilli plintuslar bilan mahkamlanadi. Ular asosida mehmonxonalar, 
auditoriyalar, kino-konsert zallari, teatr binolari pollari qoplanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin