”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Fenolit qoplash plitkalari
fenol-formaldegid smolalar, qotirgich, 
to‘ldirgich (yog‘och uni, kaolin, talk va boshq.) dan iborat qorishmani issiq 
presslab olinadi. Plitkalar 100x100 va 150x150 mm, qalinligi 1,5 mm 
o‘lchamlarda, turli ranglarda ishlab chiqariladi. Ular Yuqori mustahkam va 
kimyoviy muhitlarga chidamli bo‘lib, ishlab chiqarish sexlari, laboratoriyalar, 
agressiv muhit ta’siri ehtimoli bor xonalarning ichki devorlarini qoplash uchun 
ishlatiladi.
3. Polbop polimer materiallar 
Hozirgi vaqtdagi qurilish ko‘lami va uslubi yangi progressiv polbop 
materiallarni ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimer asosidagi polbop o‘rama 
va plitka buyumlari yog‘och, keramika va boshqa materiallardan tayyorlangan 
pollardan mustahkamligi, bioturg‘unligi, chiroyi, yengilligi, suvga chidamliligi 
va oson o‘rnatilishi bilan farqlanadi.
Polbop o‘rama materiallar-linoleumlar sintetik polimerlarga kukun 
to‘ldirgichlar, dispers armaturalar, plastifikatorlar, qotirgichlar, stabilizatorlar 
va pigmentlar aralashtirib turli usullarda tayyorlanadi.
Linoleumlar bog‘lovchining turiga nisbatan polivinilxlorid, gliftal, 
kolloksilinli, rezina (relin) va boshqa linoleumlarga bo‘linadi. Ular asosli va 
asossiz, issiqlik va tovush izolyasiyasi, bir va ko‘p qatlamli, silliq va taram-
taram (tukli, gilam qoplamali) va rangli bo‘lishi mumkin. Linoleumning o‘ng 
yuzasi silliq, nuqsonlarsiz, rangi tiniq, rasmlari esa chuqur solingan bo‘lishi 
kerak. Linoleum rangi nur, havo va suv ta’sirida o‘zgarmasligi, vaqt davomida 
zararli kimyoviy moddalarni ajratib chiqarmasligi kerak. Linoleum 
yotqaziladigan asos toza, tekis va quruq bo‘lishi zarur.
Polivinilxlorid linoleum
asosli va asossiz, bir, ikki va ko‘p qatlamli 
tayyorlanadi. Linoleum uzunligi kamida 12m, eni 1,2-1,6m, qalinligi 1,2-6 mm 
o‘lchamlarda, rangli, abstrakt gulli va sidirg‘a turlarda ishlab chiqariladi. 
Linoleum bitum-rezinali, kumaron-kauchukli va boshqa sovuq mastikalar va 
elimlar vositasida asosga yopishtiriladi. YOtqizilgan linoleumlarni yaxlitlash 
maqsadida choklari maxsus asbob yordamida payvandlanadi.
Polivinilxlorid linoleum turar joy, ma’muriy va maishiy binolar va sanoat 
korxonalari binolari xonalarining pollarini qoplashda ishlatiladi.
Yirik panelli va hajmiy-blokli temirbeton konstruksiyalaridan quriladigan 
turar joy binolari pollari uchun ikki qatlamli polivinilxlorid linoleumlar ishlab 
chiqariladi. Issiqlik va tovush izolyasiyasi pastki qismi namat yoki 
ko‘pirtirilgan (yacheykali) plastmassadan iborat bo‘ladi.


Polivinilxlorid linoleumlari o‘rama polbop materiallar ishlab chiqarishning 
taxminan yarmini tashkil etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin