Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi
Bo‘yoq
tarkibining
ishlatilish sohasiga ko‘ra
nomi
Ishlatilish
guruhi
Ishlatilish sharoiti
Atmosfera
muhitiga
chidamli
1
Ochiq maydonda ishlatiladigan turli
klimatik ta’sirlarga
chidamli qoplamalar
Atmosfera
muhitiga
chegaralangan
darajada
chidamli
2
Isitilmaydigan xonalar va yopmalar
ostida ishlatiladigan qoplamalar
Konservatsiyalovchi
3
Bo‘yaladigan yuzalarga vaqtinchalik
ishlatilgan qoplamalar
Suv muhitiga chidamli
4
Suv va suv bug‘i ta’siriga
chidamli
qoplamalar
Maxsus
5
Maxsus xossalarga ega bo‘lgan
qoplamalar:
rentgen
nurlariga
chidamli, nurlanadigan, biologik
muhitiga chidamli va boshq.
Maxsus bo‘yoq tarkiblarini quyidagicha davom ettirish mumkin: 6-moy
va benzin muhitiga chidamli, 7-kimyoviy muhitga chidamli, 8-termik (issiqlik)
muhitga bardoshli, 9-elektr izolyasiyasi.
Bo‘yoq tarkiblarini markalashda bosh xarflar indeksi ishlatiladi: suv
dispersiyali-VD, organodispersiyali-OD, suvda aralashuvchan-V, poroshokli
(kukunli)-P.
Muayyan bo‘yoq tarkibini tavsiflash uchun misol keltiramiz: Emal XV-
16, ya’ni perxlorvinilli emal (XV), 1-atmosfera muhitiga chidamli, registratsiya
raqami-6.
Bo‘yoq qoplamalarini markirovkalashda tashqi ko‘rinishi
sifati ham
hisobga olinadi. GOST bo‘yicha bo‘yoq qoplamalari defektlari turi va soni
jihatidan tashqi ko‘rinishi sifatiga nisbatan 7 klasslarga bo‘linadi: I-hech
qanday defekt bo‘lishiga ruxsat etilmaydi; II-VII-defektlar uzunligi, eni,
diametri va ular orasidagi masofalarga bog‘liq ravishda
sonini hisobga olgan
holda (dona m
2
) ba’zi notekisliklar ruxsat etiladi; III-VII klasslarda
to‘lqinsimonlik ruxsat etiladi; V-VII klasslarda oqmalar va IV-VII klasslarda
turli soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi.
Bo‘yoq tarkiblari qoplama usuliga nisbatan mo‘yqalamda suriladigan,
pulverizatorda sepiladigan, qurish sharoitiga ko‘ra
sovuq va issiq sharoitda
qoplama qatlami hosil qiladigan turlarda bo‘ladi.
Bo‘yoq tarkiblari konsistensiyasiga (quyuqligi) ko‘ra suyuq, qovushoq,
pastasimon, reologik xususiyatlarga nisbatan strukturalanuvchi tizimga
ta’luqlidir. Ularning quyuqlik darajasi sepish usuliga mutanosib ravishda
tayyorlanishi kerak.
Lok-bo‘yoqlarning
quyuqligini
(qovushoqligini)
viskozimetrlar
yordamida o‘lchanadi va sekundlarda (s) ifodalanadi. Ularning quyuqlanish
davri qovushoqlikning orta boshlash vaqti bilan belgilanadi.
Bo‘yoq tarkiblarning xossalarini aniqlash
uchun metall yoki shisha
yuzasida yupqa qattiq qatlam hosil qilinadi. Bo‘yoq qoplamasi hosil bo‘lishi
fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar borishi, tarkibdan erituvchining
bug‘lanishi yoki suvli dispersiyalarning parchalanishi va boshqa jarayonlar
bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘yoq qoplamalar qotish jarayonining tugallanishini qattiqlik darajasi
orqali aniqlash mumkin.
Lok-bo‘yoq qoplamalarning qurish tezligi ularning sifatiga bog‘liq
bo‘ladi. Ular bu jihatdan 5 bosqichli turlarga bo‘linadi. Zarurat bo‘lsa,
lokbo‘yoq qoplamalarning haroratdan chiziqli
kengayish koeffitsienti,
egilishdagi mustahkamligi, agressiv qorishmalarga chidamliligi kabi maxsus
xossalari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: