”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Pogonaj buyumlar.
Pogonaj buyumlarga rangli, uzunasiga o‘lchanadigan 
binolarni bezashda ishlatiladigan plintuslar, zina, balkonlar va boshqa to‘siqlar 
uchun tutqichlar, zina pillapoyalari uchun ustquymalar, ostonalar, devorlarni 
qoplash uchun reykalar, eshik va deraza chaspaklari, germetiklar va 
zichlaydigan qistirmalar va boshqalar kiradi.
Pogonaj 
buyumlar 
asosan 
polivinilxlorid, 
polietilen, 
polistirol, 
polimetilmetakrilat 
polimer 
kompozitsiyalaridan 
ekstruziya 
usulida 
tayyorlanadi. Ular etarli darajada mustahkam, elastik, issiqqa va yonishga 
chidamli, kimyoviy muhitlarga bardoshli bo‘ladi va gigiena talablarini 
qondiradi. Pogonaj buyumlarning o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Plintuslar va tutqichlar odatda 12m li o‘ramlarda ishlab chiqariladi. 
Plintuslar uzunligi 1,2-3,5 m li bo‘lak holda ham tayyorlanadi. Pogonaj 
buyumlarni istalgan profilli (ko‘ndalang kesimli) qilib ishlab chiqarish 
mumkin. Ular ob-havo va nam ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Pogonaj 
polimer buyumlar yog‘och, tosh va metallardan tayyorlangan aynan shunday 
material o‘rnini bemalol bosa oladi, ulardan arzonligi va oson montaj qilinishi 
bilan farq qiladi.
Sanitariya-texnika 
buyumlari. 
Sanitariya-texnika 
buyumlari 
polimetilmetakrilat, zarbga chidamli polistirol, polipropilen, poliamidlar, 
shishaplastiklar asosida olinadi. Ular asosida vannalar, poddonlar, sifonlar, 
rakovinalar, unitaz, yuvish bachoklari, aralashtirgich, ventilyasiya panjaralari 
va shu kabilar ishlab chiqariladi. Plastmassalardan tayyorlangan sanitariya-
texnika buyumlari mustahkam, suvga chidamli, gigiena talablarini 
qondiruvchi, silliq yuzali, zang to‘plamaydigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Buyumlar 
devori 
(vanna, 
moyka, 
rakovina) 
qalinlashsa, 
polimer 
kompozitsiyalar tarkibiga mayda va yirik to‘ldirgichlar kiritib, polimer 
bog‘lovchini tejash va xossalarini yaxshilash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin