Termoreaktiv polimerlar asosidagi pollar yig‘ma va monolit ko‘rinishda
bo‘ladi. Pollarni qalinligiga qarab polimer kompozitsiyalar qorishma va beton
holatida bo‘lishi mumkin.
Polimer
bog‘lovchi
sifatida
fenol-formaldegid,
karbamid-
formaldegid, furan, epoksid, poliefir smolalari ishlatiladi. Qorishma va beton
tarkibiga to‘ldirgichlar, qotirgichlar, plastifikator va modifikatorlar kiritiladi.
Qorishma va beton tayyorlash uchun tarkibiga kukun to‘ldirgich va mutanosib
ravishda mayda va yirik to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Polimer qorishma va beton pollar 20-50 mm qalinlikda monolit holda
quyiladi. Ular avvaldan yaxshilab zichlashtirilgan asos ustiga quyiladi,
zichlashtiriladi va yuza qismi tekislanadi.
Ushbu polimerqorishma va polimerbeton kompozitsiyalar asosida
300x300 mm, 500x500 mm (hatto 1000x1000 mm) o‘lchamlarda va qalinligi
2050 mm (100mm) li plitalar ishlab chiqariladi. Bunday plitalar kimyoviy
muhitlarga chidamli bo‘lishi bilan birga katta yuk va zo‘riqishlarga ham
bardoshli bo‘ladi. Plitkalarning tomon o‘lchamlari 500 mm va undan Yuqori
bo‘lsa, ular armatura to‘ri yoki dispers tolasimon armaturalovchi materiallar
bilan kuchaytirilishi mumkin.
Polimerqorishma va polimerbeton monolit va yig‘ma pollar (plitalar)
asosan sanoat binolarida ishlatiladi. Ular asosida kislota, ishqor, mineral
o‘g‘itlar, moylar, organiq mahsulotlar, biologik moddalar ishlab chiqaradigan
kimyo sanoatida, omborxonalarda va agressiv sharoit kuzatiladigan boshqa
joylarda (molxonalar, gerbetsid va pestetsid saqlanadigan xonalar, silos
saqlagichlar va boshq.) ishlatiladi.
Choksiz polimer pollar polivinilatsetat, polimersement va polimer
kompozitsiya asosida bo‘lib, asosga bitta yoki bir nechta mastikali tarkiblarni
qoplab olinadi.
Mastikalar bog‘lovchi, kukun to‘ldirgich, pigment va xususiy xollarda
qotirgichlar, plastifikatorlar, stabilizatorlar qo‘shib tayyorlanadi.
CHoksiz polimerli pollar olishda asos yaxshilab tekislangan bo‘lishi shart.