”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.2 Pigmentlar va to‘ldirgichlar 
 
Pigmentlar bo‘yoq tarkiblariga rang berish, fizik-mexanik xossalarini 
yaxshilash, atmosfera va korroziya muhitiga bardoshliligini oshirish maqsadida 
qo‘shiladi. Pigmentlar suvda, moyda va boshqa erituvchilarda erimaydigan 
quruq kukun holdagi dispers sistemalardir. Ular bo‘yoq tarkiblarga rang 
berishdan tashqari kukun to‘ldirgich vazifasini ham o‘taydi.
Pigmentlar kelib chiqishiga ko‘ra mineral va organiq, olinishiga nisbatan 
tabiiy va sun’iy klasslarga bo‘linadi (12.2-jadval).
Tabiiy mineral pigmentlar tabiiy tog‘ jinslarini, tuzlarni kukun holatgacha 
maydalab, elab olinadi.
Sun’iy mineral pigmentlar mineral xom ashyoga termik ishlov berib 
tayyorlanadi (kuydirilgan oxra, umbra) yoki metall oksidlari asosida olinadi 
(ruxli belila, titanli belila va boshq).
Belila, ya’ni oq pigmentlar tayyorlash sun’iy pigmentlar ichida kamyobi 
hisoblanadi.
29.2-jadval 
Pigmentlarning hosil bo‘lish tabiatiga ko‘ra klassifikatsiyasi 
P i g m e n t l a r
Mineralli
Oganiq
Metall kukunli
Tabiiy
Sun’iy
Bo‘r Ohak
Ruxli belila Titanli 
belila
Sariq pigment
Och qizil pigment
Alyuminiy
pudrasi (upasi)
Kaolin
Oxra
Mumiya
Umbra Temirli 
surik Marganets 
perikisi Grafit
Qo‘rg‘oshinli belila
Quruq litopon
Ruxli kron
Kuydirilgan umbra
Saja
Ruxli bargrang xrom 
oksidi
Lazur
Qizil pigment
Havo
rang
pigment Tabiiy 
kinovar
Rux changi
Oltin
rangli
bronza


Hozirgi kunda oq pigmentlar ichida titan dioksidi belilasi o‘zining 
zararsizligi va xususiyatlarining noyobligi bilan ajralib turadi. Litopon va ruxli 
belila bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda keng miqyosda ishlatiladi.
Pigmentlar odatdagi kukun holatidan tashqari konsentratsiyalangan pasta, 
emulsiya, mikrokapsula ko‘rinishida olinishi mumkin.
Qo‘rg‘oshinli belila asosida tayyorlangan bo‘yoq tarkiblarni turar joy, 
ma’muriy, maishiy binolarda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ammo uning 
Yuqori sifatliligi korroziya muhitiga bardoshli bo‘yoqlar tayyorlash va insonlar 
bilan bevosita kontaktda bo‘lmagan joylarda ishlatishni taqozo etadi.
Pigmentlarning dispersligi, yopuvchanligi, ranglash kuchi, nurga 
chidamliligi, moy sig‘imi, atmosfera va ishqor muhitiga bardoshliligi ularning 
asosiy xossalarini va ishlatilish sohalarini belgilaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin