Sintetik yelim natriyli karboksilmetilsellyuloza (KMS) va metilsellyuloza
smolalarning suvdagi qorishmasidan tarkib topgan. Ular yelimli va mineral
bo‘yoqlar tayyorlashda, gul qog‘ozlarni yelimlashda ishlatiladi.
Polivinilatsetat emulsiyalari polivinilatsetat polimerini suvdagi yoki suv-
spirtdagi suyultirilgan yelimlari bo‘lib, ular asosida mastika va shpaklevka
tarkiblari tayyorlanadi.
Moyli emulsiyalar olifdan, ohak sutidan va hayvon elimi eritmasi va
boshqalar asosida maxsus apparatlarda olinadi. Emulsiya bevosita
ishlatilishdan avval tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: