”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Nazorat savollari 
1.
Bo‘yoq tarkiblari olishda ishlatiladigan bog‘lovchilar haqida aytib 
bering.
2.
Pigment nima? Ularning xossalari va turlari haqida gapirib bering.
3.
Moyli bo‘yoqlar nima?
4.
Suvli bo‘yoqlar haqida aytib bering.
5.
Polimerli bo‘yoq tarkiblari haqida gapirib bering.
6.
Suv-dispersiyali bo‘yoqlar. Ularning asosiy xossalari. 7. Pastali va 
kukunli bo‘yoqlar. Ularning afzalliklari.
15-MAVZU:YOG‘OCH QURILISH MATERIALLARINING 
ASOSIY XOSSALARI. YOG‘OCH QURILISH 
MATERIALLAR VABUYUMLAR .ENERGIYA SAMADOR 
YOG’OCH MATERIALLAR.ENERGIYA VA RESURS 
TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR.
 
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Yog‘ochning tuzilishi.


3.
Yog‘ochning asosiy xossalari.
4.
Yog‘ochning nuqsonlari
5.
Yog‘ochni chirish, qurtlash va yonishdan saqlash.
6.
Yog‘och materiallar va buyumlar.
 
 
1.
Umumiy ma’lumotlar 
 
Yog‘och eng qadimgi qurilish materiali bo‘lib, er sharida notekis 
tarqalgan. O‘rmon qayta tiklangani uchun yog‘och bitmas-tuganmas qurilish 
materiallari va buyumlari zaxirasidir.
Yog‘och tayyorlanadigan o‘rmonlar Rossiya, Xitoy, Ukraina, Kavkaz, 
Qozog‘iston kabi mamlakatlarda ko‘plab uchraydi.
Yog‘och Yuqori mustahkamlik, qayishqoqlik, issiqlik izolyasiyalovchi
suv va organiq erituvchilarga chidamlilik xususiyatlariga ega. YOg‘och oson 
qayta ishlanadi, yelimlash, mix qoqish mumkin. Ammo tolasimon tuzilishi 
tufayli xossalarining turliligi, namlikdan deformatsiyalanishi, yonuvchanligi, 
chirishi kabilar yog‘ochning kamchiligidir. Qurilishda yog‘och xari, taxta, 
shpal, brus, hollarida ishlatiladi. Yog‘ochni qayta ishlaganda hosil bo‘lgan 
payraxa va qipiqdan fibrolit, arbolit, yog‘och tolali va yog‘och payraxali 
plitalar tayyorlash mumkin.
Yog‘ochning sifati uning turiga bog‘liq. Yog‘och olinadigan daraxtlar 
igna bargli va bargli turlarga bo‘linadi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, 
qoraqarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘ay, kedr va boshqalar kiradi. Bargli 
daraxtlarga eman, oq qayin, qora qayin, shumtol, arg‘uvon kabilar kiradi.
Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadigan archa va terak, ko‘k terak, chinor 
kabilar bino va inshootlar qurilishida to‘sin, ustun, pol, ship, muqarnas, karniz, 
eshik, rom kabi buyumlarni olishda ishlatiladi. Chinor, yong‘oq va nok 
daraxtidan shkaf, javon va turli o‘ymakor buyumlar ishlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin