”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Noorganiq bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2.
Noorganiq bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar 
 
Ohakli bo‘yoqlar 
so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. 
Ularning suv ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh 


tuzi, maxsus polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera 
muhitiga chidamliligi Yuqori emas.
Sementli bo‘yoqlar
oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning 
suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohakpushonkasi, 
kalsiy xlorid, polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar 
binolarning tashqi tomonidan va namlik Yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki 
tomondan beton va suvoq yuzalarni bezash uchun ishlatiladi.
Silikatli bo‘yoqlar 
suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral 
dispers kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv 
muhitiga chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik 
Yuqori bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och 
konstruksiyalar himoyalanadi.
Yelimli bo‘yoqlar 
hayvon yoki o‘simlik elimlarining suvdagi eritmasida 
pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular Yuqori 
namlikka chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini 
qoplashda ishlatiladi.
Kazeinli bo‘yoqlar 
kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini 
qurilish maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan 
ohak uning suvga va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi.
Pastali bo‘yoqlar.
Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki 
polimerlarning suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi.
Bo‘yoq tarkibiga kukun to‘ldirgich sifatida sement, gips, gipssement, 
gipssementputssolan va boshqalar ishlatiladi. Masalan, “Defas” pastasi tarkibi 
VD-VA-17 markali polivinilatsetat bo‘yog‘i, kvars qumi va marshalit asosida 
olinadi.
Bino va inshootlarni bezashda pastali bo‘yoqlar asosida bir yo‘la 1000 
mkm qalinlikdagi qoplamalar olish mumkin. Pastali bo‘yoqlar bilan binolar 
bezatilganda suvoqchilik ishlariga zarurat bo‘lmasligi mumkin. Pastali 
bo‘yoqlarni 
yuzalarga 
surkash 
yoki 
sepishni 
to‘la 
ravishda 
mexanizatsiyalashtirish imkoniyati bor.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin