Hozirgi
kunda
agressiv
muhitlarda
ishlashga
mo‘ljallangan,
fenolformaldegid, karbamid-formaldegid, furan smolasi va sh.k. asosida
tayyorlangan polimerqorishma va polimerbeton quvurlar 6 dan 150 mm gacha
diametrda
chiqariladi, devorlarning qalinligi 2-8 mm. Ular 1,2 MPa gacha
bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan.
Ular mustahkam,
suv va agressiv
muhitlarga chidamli, elastik, yengil, ichki yuzasi silliq va mineral moddalar
yig‘ilib qolmaydi. Termoplast quvurlarni oson payvandlab biriktirish mumkin.
Ularda suv cho‘yan quvurlardagiga nisbatan ravon oqadi (gidravlik
qarshilik
kichik bo‘ladi). Bu quvurlarni ishlatish ishchi harorati 60
0
S gacha.
Termoreaktiv
polimerlar
asosidagi
kompozitsion
materiallardan
tayyorlangan polimerqorishma va polimerbeton quvurlar kimyo sanoati,
kollektor-drenaj tizimida, shaxtalarda va boshqa inshootlarda ishlatiladi.
Ularning ichki diametri 100 mm dan 1000 mm gacha, uzunligi 80 sm dan 6 m
gacha bo‘lishi mumkin. Polimerbeton quvurlar bog‘lovchining
turiga qarab
kislotali, ishqorli, tuzli va boshqa agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi. Ular
keramik va metall quvurlarga nisbatan samarali va agressiv muhitlarga
bardoshli.
SHishaplastik
quvurlar poliefir polimeri, shisha matosi, shisha iplari va
sh.k. lar asosida maxsus sentrifugada tayyorlanadi. Ular mustahkam, 150
0
S
ishchi haroratga bardoshli bo‘ladi. SHishaplastik quvurlar asosan kimyo va
neftni qayta ishlash sanoatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: