Tukli-tikma (tafting)-
noto‘qima gilamlar eni 450 sm gacha bo‘lgan
ilmoq yoki qirqma tukli mato yoki poyandozdan iborat bo‘lib, ma’muriy, turar
joy va boshqa binolar pollarini qoplashda ishlatiladi.
Igna-namat gilamlar
sintetik tolalarning bitta yoki bir necha
qatlamlaridan iborat o‘rama materialdir. Namat gilamlar 2-4 qatlamdan iborat
bo‘lib, qalinligi 2-6 mm tashkil etadi.
Vorsalin
(tukli linoleum) noto‘qima ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib,
yuzaki qatlamli eshilgan polipropilendan qilingan sirtmoq tukdan, ostki
qatlami esa polivinilxlorid polimeri o‘ramasidan iborat bo‘ladi.
Vorsalinning uzunligi 12-20 m, eni 1m va qalinligi 4-6 mm, bo‘lgan
o‘rama material sifatida tayyorlanadi. Sirtmoq tukning rangiga qarab vorsolin
turli ranglarda bo‘ladi.
Vorsalin Yuqori sifatli issiqlik izolyasiyasi va tovush yutuvchi, eyilishga
chidamli, gigiena talablariga javob beruvchi mahsulot sanaladi. Vorsalin xona
asosiga quruq holda yotqiziladi va har tomondan mahsus plintuslar bilan
mahkamlanadi. Vorsalin binolar pollarini qoplashda keng ko‘lamda ishlatiladi.
Plita materiallar.
Polimer bog‘lovchilar, to‘ldirgichlar, plastifikatorlar,
pigmentlar va modifikatorlar (stabilizatorlar, qotirgichlar va sh.k.) asosidagi
kompozitsion materiallardan turli polbop plitalar tayyorlanadi. Polimer
plitkalar asosida turli bezakli, rasmli, rangli pollar yaratish, joriy ta’mirlashda
oson almashtirish, tashish, saqlashda qulayliklar bo‘ladi. Lekin plitkalar
asosidagi yig‘ma pollarda choklarning ko‘p bo‘lishi gigiena qoidalarining
buzilishiga olib keladi, pollarning uzoq muddat xizmat qilishini kamaytiradi.
Plitka
materiallari
polivinilxlorid,
indenkumaron,
rezina
kabi
termoplastlar va furan, karbamid, epoksid va sh.k. termoreaktiv smolalar
asosida ishlab chiqariladi.
Polivinilxlorid
plitkalar rangli va gulli qilib, 300x300 mm va 200x200
mm o‘lchamlarda va 1,5-3 mm qalinlikda tayyorlanadi. Ular suv, kuchsiz
kislotalar va moylar muhitiga bardoshli, egiluvchan, olovbardosh, edirilishga
chidamli bo‘ladi. Plitkalar turar joy va jamoat binolarining oshxona, sanuzel
hamda sanoat binolarining ishlab chiqarish xonalari pollarini qoplashga
ishlatiladi.
Indenkumaron
plitkalar suv va boshqa kuchsiz agressiv muhitlarga
chidamli, edirilishga va zarbga bardoshli, mustahkam kompozitsion material.
Ular 300x300 mm va 200x200 mm o‘lchamlarda va 3-4 mm qalinlikda
chiqariladi. Bu plitkalar intensiv harakat kuzatiladigan xonalar polini qoplash
uchun ishlatiladi. Namligi va harorati doimo Yuqori bo‘lgan xonalarda
ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Rezina
plitkalar relin kompozitsiyasi asosida 300x300 mm va 500x500
mm o‘lchamlarda, qalinligi 3,5 va 10 mm holda ishlab chiqariladi. Plitkalar
suv, kislota va ishqor muhitlariga chidamli bo‘ladi, issiqlik va tovush
izolyasiyasi, edirilishga mustahkam va elastik materialdir. Ular sanoat va
jamoat binolarida, namlik Yuqori bo‘lgan joylarda pollarni qoplash uchun
ishlatiladi.
Termoplastik polimerlar asosidagi plitkalarni elimlab asosga yopishtirish
maqsadida bitum-rezinali yoki indenkumaron kauchukli mastikalar ishlatiladi.
Elimlar plitkaning orqa tomoniga 0,5 mm qalinlikda surtilib bir tekis qilib
yopishtiriladi, elim va mastika qoldiqlari organiq erituvchilar (texnik kerosin,
atseton, benzin va sh.k.) vositasida tozalanadi.
|