Polimer kompozitsiyalar
asosidagi
pol uchun mastikalar poliefir,
karbamid, epoksid, atseton-formaldegid va boshqa smolalar zaminida
tayyorlanadi.
Poliefir smolasi
mastikalari oq rangli saja, shisha tolasi va qotirgich
qo‘shib olinadi. Poliefirli mastikalar
gigiena talablarini qondiradi, edirilishga
bardoshli, mustahkam, zarbiy kuchlanishlarga chidamli, dekorativ materialdir.
Ular kimyoviy moddalar ta’siri kuzatiladigan xonalar
va sanitariya-texnika
xonalari pollarini qoplashda ishlatiladi. Boshqa termoreaktiv smolalar
asosidagi mastikalar ham jamoat va sanoat binolarida bezakli va turli agressiv
muhitlarga chidamli pollar olishda ishlatiladi.
4. Pogonaj va sanitariya-texnika buyumlari
Dostları ilə paylaş: