”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


-rasm. “Poliform” plitkalari (panellari)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

27.1-rasm. “Poliform” plitkalari (panellari) 
“Polidekor” bezak panellar polivinilxlorid polimerlaridan tayyorlangan 
manzarali yupqa qattiq pardani vakuum presslash usulida bo‘rtma yuzali qilib 
olinadi.
27.2-rasm. “Polidekor” panellari (listlari) 
Bezakli ustki tomoni yog‘och o‘ymakorligi, o‘yma naqshli metallni 
imitatsiya qilinadi (27.2-rasm). Panellarning o‘lchami 1850x955x0,6 mm. Ular 
ma’muriy va jamoat binolarining zallari, xollari devorlarini bezash uchun 
ishlatiladi.
Yog‘och-tolali pardozlash plitalari
termoreaktiv polimerlar (karbamid, 
fenolformaldegid smolalari va boshq.) bilan shimdirilgan yog‘och tolalarini 
(qamish va boshqa o‘simliklar) issiq holatda presslash usulida olinadi.
Plitalarning o‘ng yuzasi silliq, bitta yoki ikkita o‘zaro perpendikulyar 
yo‘nalishlarda rustlangan (dag‘allashtirilgan) bo‘lib, sintetik emulsiya, 
emallarga bo‘yab, yaltiramaydigan, yarim yaltiroq va oyna jiloli qilib ishlab 
chiqariladi. Ular uzunligi 1200-2700 mm, eni 1200-1700 mm va qalinlagi 3-6 
mm bo‘ladi. Plitalar turar joy va jamoat binolarini devorlarini va shiplarini 
bezashda va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Ular mix va shuruplar yordamida 
asosga o‘rnatiladi.
YOg‘och-payraxali pardozlash plitalari 
termoreaktiv polimerlar va 
yog‘och payraxalari aralashmasini issiq holatda presslab olingan kompozitsion 
materiallardir. Plitalar uzunligi 2500-3500 mm, eni 12501750 mm va qalinligi 
10-25 mm bo‘ladi. Ularning o‘rtacha zichligi 600-700 kgm
3
. Plitalarning o‘ng 
yuzasi lok, emal va bo‘yoq bilan bo‘yaladi hamda shpon, faner, list plastiklar 
va boshqa materiallar bilan qoplanadi.


Uch qatlamli yog‘och-payrahali plitalar karbamid smolasi asosida 
tayyorlanadi. Mustahkamligi va suvga chidamliligini oshirish uchun ular 
tarkibiga massasi bo‘yicha 1,5% parafin qo‘shiladi. Ularning o‘rtacha zichligi 
750-850 kgm
3
, egilishdagi mustahkamligi 24 MPa va suv shimuvchanligi 15% 
gacha bo‘ladi. Plitalar uzunligi 1440-5500mm, eni 1220-2440 mm, qalinligi 
16-24 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Ular turar joy qurilishida pol 
qoplamalari, eshiklar qoplamalari, osma shiplar, mebel tayyorlashda 
ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin