”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


 Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3. Bo‘yoq tarkiblarining komponentlari 
Lok-bo‘yoqlar tayyorlashda asosiy komponentlar sifatida organiq va 
noorganiq bog‘lovchilar, pigmentlar, kukun to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, 
erituvchilar, 
sikkativlar 
hamda 
yordamchi 
materiallar-stabilizatorlar, 
dispergatorlar, suyultirgichlar, qotiruvchilar va boshqalar ishlatiladi.
3.1 Bog‘lovchi moddalar 
 
Bog‘lovchi moddalar pigment va dispers to‘ldirgichlarni o‘zaro bog‘lab 
yupqa bo‘yoq qatlami hosil qiluvchi komponent bo‘lib, asosga mustahkam 
yopishishi talab etiladi.
Bog‘lovchilar organiq va mineral strukturali bog‘lovchi moddalarga 
bo‘linadi. Hosil bo‘lishi jihatidan bog‘lovchi moddalar tabiiy va sintetik 
turlarga ajratiladi. Organiq bog‘lovchi moddalarga tabiiy va yarim tabiiy 
oliflar, yog‘och va hayvonlardan olingan elimlar, polimerlar va boshqalar, 
noorganiq bog‘lovchilarga ohak, sement, suyuq shisha va sh.k. kiradi.
Bo‘yoq tarkiblarning asosiy fizik-mexanik, kimyoviy va texnologik 
xossalari bog‘lovchi moddalarning turi va xossalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Moyli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilarga 
quriydigan o‘simlik 
moylari, mineral moylar, sintetik polimerlar va moy loklari kiradi. Moyli 
bog‘lovchilardan hosil bo‘lgan parda qatlamlari ko‘pi bilan 24 soatgacha 
to‘la qurishi talab etiladi.
Oliflar.
Oliflar tabiiy (natural) bog‘lovchi modda bo‘lib, zig‘ir, kanop 
kabi o‘simliklar moylariga maxsus ishlov berib olinadi. Olif atmosferadan 
kislorodni biriktirib qurish, ya’ni qotish xususiyatiga ega. Oliflarning qotish 
jarayonini tezlashtirish uchun tarkibiga sikkativlar qo‘shiladi.
Tabiiy oliflar juda mustahkam, namlikka va agressiv muhitlarga chidamli 
qoplama pardalar hosil qiladi. Ular metall, yog‘och, gips va sementli 
qorishmalar bilan suvalgan devor yuzalarni bo‘yash uchun sifatli tarkiblar 
tayyorlashda ishlatiladi. O‘simlik moylarini tejash maqsadida tabiiy oliflar 


asosida yarim tabiiy oliflar tayyorlanadi. Tarkibida 55% o‘simlik moyi va 45% 
uayt-spirt (texnik kerosin) bo‘lgan “Oksol” olifi va 70% o‘simlik moyi va 30% 
uayt-spirt bo‘lgan kombinatsiyalashgan oliflar ishlab chiqariladi. YArim tabiiy 
oliflar qurigach yupqaroq, kuchli yaltiraydigan, mustahkam, ammo ob-havo 
sharoitiga nisbatan chidamsiz qoplamalar hosil qiladi.
Ular normal quyuq-suyuqlikdagi moyli bo‘yoqlar olishda ishlatiladi. 
Tayyorlangan bo‘yoq tarkiblari metall, yog‘och, suvoq yuzalarni bezashda 
qo‘llaniladi.
Sun’iy (kombinatsiyalashgan) oliflar o‘simlik moylari qo‘shilmasdan yoki 
35% gacha qo‘shilib neft va boshqa organiq xom ashyolar asosida olinadi.
Sun’iy oliflarga gliftalli, pentaftalli, perxlorvinilli va boshqa oliflar kiradi. 
Gliftalli oliflar zig‘ir moyi, ftalli angidrid va glitsirinni harorat bilan ishlov 
berish natijasida olinadi. Sun’iy oliflar ob-havo ta’siriga nisbatan chidamsiz va 
rangi qoramtir bo‘ladi. Ular asosida xona ichida ishlatiladigan metall, yog‘och 
va suvoq yuzalarni bezashga yaroqli bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda 
qo‘llaniladi.
Moyli
loklar
tabiiy va
sun’iy
smolalarni erituvchilar va 
sikkativlar qo‘shilgan o‘simlik moylarida eritib olinadi. Bunda erituvchilar 
loklarga zarur bo‘lgan konsistensiyani ta’minlaydi.
Moyli loklar atmosfera muhiti ta’siriga chidamli bo‘lgan bo‘yoq 
tarkiblarni tayyorlashda ishlatiladi. Moyli bo‘yoq tarkiblar olishda sintetik 
bog‘lovchilarni ishlatilishi o‘simlik moylarini tejaydi va ularga yangi xossalar 
beradi. Sintetik bog‘lovchilarga turli polimer materiallar kiradi. Polimer 
bog‘lovchilar asosida loklar, emallar, pastalar, mastikalar, suvli dispersiyalar 
olinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin