”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Betonpolimerlar 
beton buyum va konstruksiyalarni polimerlarda 
shimdirib olinadi. Ma’lumki, beton strukturasida kontraksion va texnologik 
mikro va makro g‘ovaklar, bo‘shliqlar, mikroyoriqlar va mikrokanallar mavjud 
bo‘lib, betonning mustahkamligiga, zichligiga va ekspluatatsiya xususiyatlariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zich to‘ldirgichlar asosida olingan betonda 8-20% g‘ovaklik bo‘ladi. 
Ushbu g‘ovaklikni qisman yoki butunlay polimerlarda shimdirish usuli bilan 
to‘ldirish betonning xossa va xususiyatlarini keskin yaxshilashga olib keladi.
Betonni shimdirish uchun termoplastik (metilmetakrilat, stirol va sh.k.) va 
termoreaktiv (epoksid, poliefir, atseton-formaldegid va sh.k.) polimerlar va 
ular asosidagi kompozitsiyalar ishlatiladi. Bundan tashqari beton PVA 
emulsiyasi, SGS-65 GP lateksi va boshqa polimerlar bilan ham shimdirilishi 
mumkin. Betonni shimdirish usulida modifikatsiyalash murakkab texnologiya 
hisoblanib, quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: beton buyumni tayyorlash; 
105-110
0
S haroratda 10-20 s davomida turg‘un massagacha quritish; vakuum 
yoki bosim ostida betonni polimerga shimdirish; harorat ta’sirida yoki 
kimyoviy usulda polimerni beton g‘ovaklarida qotirish.
Beton polimerga shimdirilganda siqilishga mustahkamligi 2-10 marta, 
cho‘zilishga mustahkamligi 3-10 marta ortadi. Betonpolimerlarning suv 
o‘tkazmasligi, korroziya muhitlariga bardoshliligi, sovuqqa chidamliligi (5000 
sikldan ham Yuqori) keskin oshadi.
Betonni polimer bilan shimdirishdagi samaradorligi polimerlarning 
shimilish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi.
Betonpolimerlar kimyo va metallurgiya sanoati qurilishida, kimyoviy 
muhitlarga chidamli pollar, poydevorlar, kollektor va drenaj quvurlari 
tayyorlashda va boshqa joylarda ishlatilishi mumkin. Tom qoplama plitalarini 
bir tomondan 10-15 mm gacha polimerlarda shimdirish juda yaxshi samara 
beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin