Gernit suv o‘tkazmaydi va atmosfera muhitiga chidamli bo‘ladi. Uning
suv shimuvchanligi 48s davomida massa bo‘yicha 0,4% tashkil qiladi.
Gernitning nisbiy uzayishi Yuqori bo‘lganligi sababli harorat va kuchlanishdan
hosil bo‘ladigan deformatsiyalar ta’siriga chidamli bo‘ladi va uzoq muddat
xizmat qiladi.
Germetik qistirmalar ichi to‘la va ichi bo‘sh turlarga bo‘linadi. Ichi bo‘sh
qistirma
germetiklar choklarga quyilgan, ularda vakuum hosil qilish mumkin.
Bir tomonini kesish natijasida qistirma orasiga havo kiradi va germetik
bo‘shliq devorlariga kuch bilan yopishib zichlashadi.
Profillangan germetiklovchi buyumlar polivinilxloriddan ekstruziya
usulida tayyorlanadi. Ular turli ranglarda va turli ko‘ndalang kesimli bo‘lishi
mumkin.
Polivinilxlorid germetiklar
choklarni yaxshi berkitadi, ob-havo ta’siriga,
deformatsiyalanishga bardoshli bo‘ladi. Ular bezak ishlarini olib borishda ham
ishlatilishi mumkin.
Choklarga germetiklarni kiritishdan avval choklar yaxshilab tozalanishi,
panel va bloklar burchaklaridagi beton va qorishma qoldiqlari olib tashlanishi
kerak.
Germetizatsiya ishlarini olib borishda texnika xavfsizligi qoidalariga
rioya qilish kerak.
Mastikalarni tayyorlash, saqlash va ishlatishda olovdan
ehtiyot qilish zarur. Ishchilar rezina qo‘lqoplar, maxsus kiyim va boshqa
shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: