26.6-rasm. Vakuumqoliplash sxemasi
a) negativ qolip; b)pozitov qolip; v) puanson bilan zagotovkani xomaki
tortish; g)
pnevmativ usulda
zagotovkani xomaki tortish; I-III qoliplash pozitsiyalari; 1-
zagotovka; 2-negativ qolip; 3-tayanch; 4-siquvchi rama; 5-puanson; 6-pozitiv
qolip; 7-qoliplash kamerasi.
Shtamplash uslubida
listlardan zagotovka qirqib olinadi,
qizdiriladi,
press-qolipning matritsa va puanson orasiga qo‘yiladi va 1 MPa bosimda
siqiladi.
Ushbu usulda viniplast, tekstolit, organiq shisha
kabi listli materiallardan
qurilish buyum va konstruksiyalari tayyorlanadi.
Pnevmoqoliplash usulida
list matritsa konturi bo‘yicha mahkamlanadi
va yumshaguncha qizdiriladi. Keyin zagotovka 7-8 MPa bosimda siqilgan
qizdirilgan havo bilan list matritsa yuzasiga siqiladi. Pnevmoqoliplash usulida
termoplastlar
asosida idishlar, kimyoviy apparatura qismlari, halqasimon
elementlar olinadi.
Vakuum-qoliplash usulida
list ichi bo‘sh qolip konturi bo‘yicha
mahkamlanadi va bo‘shliq ichidagi havo so‘rib olinadi.
Bunda atmosfera
bosimi ostida list qolip yuzasiga siqiladi va muayyan shaklga kiradi. Ushbu
usulda polistirol, polimetilmetakrilatlar, vinilli polimerlar va boshqalar asosida
sanitariya-texnika uskunalari qismlari quyiladi.
Dostları ilə paylaş: